info@gmail.com +998 99 741 35 23

Idiomatik iboralar —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiIdiomatik iboralar
Terminning o'zbekcha etimologiyasiIdiomatik so‘zi yunoncha “idiōma” ‒ “o‘ziga xos ifoda”, “turg‘un ibora” so‘zidan kelib chiqqan. Unga -atik / -atic qo‘shimchasi qo‘shilib, “o‘ziga xos iboralarga oid”, “idiomalarga tegishli” degan ma’noni beradi. Ibora ‒ arabcha “ʿibāra” (عبارة) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “ifoda”, “bayon”, “fikrni so‘z bilan bildirish” ma’nolarini anglatadi. Idiomatik iboralar termini lug‘aviy jihatdan “o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgan, so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydigan turg‘un ifodalar”
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda idiomatik iboralar tarkibiy qismlarining ma’nolari bilan izohlab bo‘lmaydigan, yaxlit ma’noga ega bo‘lgan turg‘un birikmalarni anglatadi. Idiomatik iboralar ‒ ma’nosi ularni tashkil etgan so‘zlarning alohida lug‘aviy ma’nolaridan bevosita kelib chiqmaydigan, balki butun birikma sifatida yagona, ko‘chma va obrazli ma’no ifodalovchi turg‘un iboralardir. Mazmunan idiomatik iboralar nutqda tayyor holatda ishlatiladi va ularning asl ma’nosi so‘zma-so‘z tarjima orqali tushunilmaydi. Bunday iboralar ko‘pincha xalqning madaniyati, tafakkuri va hayot tajribasini aks ettiradi. Masalan: ko‘z yumdi ‒ vafot etdi; og‘zi qulog‘ida ‒ juda xursand; burnini osmoq ‒ xafa bo‘lmoq; qo‘li uzun ‒ ta’siri katta, imkoniyati keng. Idiomatik iboralar‒turg‘un, obrazli va ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan, nutqda tayyor holda qo‘llaniladigan frazeologik birliklardir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni7