Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Ifoda maqsadi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin ifoda ‒ arabcha “ifāda” (إفادة) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “bayon qilish”, “anglatish”, “ma’noni yetkazish”, “fikrni ifodalash” degan ma’nolarni bildiradi. Maqsad ‒ arabcha “maqṣad” (مقصد) so‘zidan olingan bo‘lib, “niyat”, “muddao”, “erishilishi ko‘zlangan natija”, “yo‘nalish” ma’nolarini anglatadi. Ifoda maqsadi termini “fikrni bayon etishdan ko‘zlangan maqsad”, “ma’noni ifodalashdagi niyat yoki muddao” degan ma’noni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda ifoda maqsadi so‘zlovchining nutq orqali qanday maqsadni amalga oshirmoqchi ekanligini anglatadi. Masalan: xabar berish, so‘rash, buyurish, iltimos qilish, his-hayajonni bildirish kabi kommunikativ vazifalar ifoda maqsadi bilan bog‘liqdir. Shu asosda gaplar darak, so‘roq, buyruq va undov gaplarga ajratiladi. Bir gapni uning sintaktik qurilmasiga ta’sir qilmasdan har xil ohang yordamida darak, so‘roq, buyruq gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1. Jamshid uyga borsin (buyruq gap). 2.Jamshid uyga borsin (Jamshid uyga borsin, keyin gaplashamiz ma’nosida – darak gap). 3. Jamshid uyga borsin? (so‘roq gap). Gap ohang jihatdan qancha o‘zgarmasin, uning qurilishi o‘zgarmasdan qolaveradi: ega+hol+kesim. Gapning ifoda maqsadini o‘zgartuvchi vosita gap tarkibiga kiritilsa ham, sintaktik qurilishiga putur yetkazmaydi (masalan, so‘roq olmoshlari, yuklamalar). Demak, birinchi gapdagi buyruq, ikkinchi va to‘rtinchi gapdagi so‘roq va uchinchi gapdagi darak ma’nolari mantiqiy kategoriyaning ushbu gaplarda namoyon bo‘lgan zarralari gaplarning sintaktik tabiatiga daxldor bo‘lmagan o‘zga, begona hodisaning tajallisi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 8 |