Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Ifodalanuvchi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin ”ifoda” ‒ arabcha ifāda (إفادة) so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, “bayon qilish”, “anglatish”, “ma’noni yetkazish” degan ma’nolarni bildiradi.”-la” o‘zbek tilidagi fe’l yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, “ifodalamoq” fe’lini hosil qiladi. “-n “ majhul nisbat (passiv) ko‘rsatkichi bo‘lib, “ifodalanmoq” shaklini hosil qiladi. “-uvchi” sifatdosh yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, “amalga oshirilayotgan yoki shu holatdagi narsa” ma’nosini beradi. Ifodalanuvchi termini etimologik jihatdan “ifoda qilinayotgan”, “ma’nosi bayon etilayotgan narsa” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslik va semiotikada ifodalanuvchi til belgisining mazmun tomoni, ya’ni tovush yoki yozuv shakli orqali anglatilayotgan tushuncha, predmet yoki ma’noni bildiradi. Masalan, “daraxt” so‘zining tovush shakli ifodalovchi, ongda hosil bo‘ladigan “daraxt” tushunchasi esa ifodalanuvchi hisoblanadi. Tilshunoslikda ifodalanuvchi til yoki nutq birligining mazmuniy tomonini, ya’ni uning ichki ma’nosini bildiradi. Masalan, so‘zda ifodalanuvchi uning lug‘aviy ma’nosi, gapda esa umumiy mazmunidir. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 7 |