info@gmail.com +998 99 741 35 23

Ijtimoiy dialekt —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiIjtimoiy dialekt
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin ijtimoiy va dialekt qismlaridan tashkil topgan. Ijtimoiy ‒ arabcha “ijtima‘iy” (اجتماعي) so‘zidan olingan. U ijtimo‘ (ijtima‘) ‒“jam bo‘lish”, “yig‘ilish”, “jamiyat” so‘zidan kelib chiqqan. Terminning ma’nosi jamiyatga oid, jamiyat bilan bog‘liq. Dialekt ‒ yunoncha dialektos so‘zidan olingan bo‘lib, “so‘zlashuv uslubi”, “sheva”, “tilning hududiy yoki ijtimoiy ko‘rinishi” degan ma’nolarni anglatadi. Ijtimoiy dialekt atamasi lug‘aviy jihatdan “jamiyatning ma’lum ijtimoiy guruhlariga xos bo‘lgan til shakli yoki so‘zlashuv uslubi”. Ijtimoiy dialekt ‒ tilning hudud emas, balki ijtimoiy qatlamlar (kasb, yosh, guruh, mavqe) bo‘yicha farqlanadigan ko‘rinishidir. Unga jargonlar, professional nutq, yoshlar slengi kabi shakllar kiradi. Masalan: talabalar slengi, shifokorlar professional terminlari harbiylar jargonlari. Ijtimoiy (arabcha “jamiyatga oid”) + dialekt (yunoncha “so‘zlashuv uslubi”) = jamiyatdagi turli guruhlarga xos til ko‘rinishi
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda ijtimoiy dialekt muayyan ijtimoiy guruh vakillari tomonidan qo‘llanadigan va umumxalq tilidan ayrim xususiyatlari bilan farqlanadigan til ko‘rinishini anglatadi. Ijtimoiy dialekt ‒ tilning hududiy emas, balki jamiyatdagi muayyan ijtimoiy guruhlar (kasb, yosh, tabaqa, kasbiy muhit va boshqalar) nutqiga xos bo‘lgan ko‘rinishidir. Mazmunan ijtimoiy dialekt jamiyat ichidagi turli guruhlarning o‘zaro muloqotida ishlatiladigan maxsus so‘zlar, iboralar va nutq uslublarini qamrab oladi. U umumxalq tilidan ajralib turadigan, lekin shu tilning ichki tizimiga kiruvchi variant hisoblanadi. Ijtimoiy dialektlar odamlarning ijtimoiy mavqei va faoliyat sohasiga qarab shakllanadi. Masalan: sportchilar nutqidagi maxsus atamalar, kasbiy jargonlar (masalan, tibbiyot yoki IT sohasi). Ijtimoiy dialekt ‒ jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos nutq uslubi va so‘zlashuv tizimidir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8