info@gmail.com +998 99 741 35 23

Ilmiy grammatika — Илимий грамматика

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiIlmiy grammatika
Terminning o'zbekcha etimologiyasiIlmiy grammatika birikmasi arabcha ilmiy va yunoncha kelib chiqishga ega grammatika so‘zlaridan tashkil topgan. Ilmiy‒ arabcha “ilm” (علم) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “bilim”, “fan”, “ma’rifat” degan ma’nolarni anglatadi. “-iy” qo‘shimchasi esa “ilmga oid”, “fan bilan bog‘liq” ma’nosini hosil qiladi. Grammatika ‒ yunoncha “grammatikē” so‘zidan olingan bo‘lib, “harf yozish san’ati”, “til qurilishi haqidagi ta’limot” degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z yunoncha gramma ‒ “harf”, “yozuv belgisi” so‘ziga borib taqaladi. Ilmiy grammatika termini “tilning grammatik qurilishini ilmiy asosda o‘rganuvchi ta’limot” yoki “grammatik hodisalarni ilmiy jihatdan tadqiq etish” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda ilmiy grammatika til qurilishi va grammatik hodisalarni zamonaviy nazariy qarashlar hamda ilm-fan yutuqlari asosida izohlaydigan grammatika turidir. Bunday grammatika tilning fonetik, morfologik va sintaktik tizimini ilmiy asosda tavsiflaydi. Tilshunoslikda ilmiy grammatika tilning fonetik, morfologik va sintaktik qurilishini ilmiy metodlar asosida tahlil qiluvchi grammatika turidir. U til hodisalarini nazariy jihatdan izohlaydi, grammatik qonuniyatlarni aniqlaydi va ularning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganadi. Ilmiy grammatika amaliy grammatikadan farqli ravishda qoidalarni o‘rgatishdan ko‘ra, ularning mohiyati va qonuniyatlarini tushuntirishga ko‘proq e’tibor beradi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiИлимий грамматика
Terminning qirg'izcha etimologiyasiИлимий грамматика термини эки башка тилдик негизден куралган болуп, «тилдин грамматикалык түзүлүшүн илимий негизде изилдеген окуу» же «грамматикалык кубулуштарга илимий өңүттөн талдоо жүргүзүү» деген маанини туюнтат.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiИлимий грамматика – тилдин тарыхый өнүгүшүн, структуралык курамын жана тилдик кубулуштардын себеп-натыйжаларын илимий өңүттөн далилдеп түшүндүргөн теориялык тил илиминин бөлүгү.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni5