info@gmail.com +998 99 741 35 23

Imloning fonetik prinsipi — Орфографиянын фонетикалык принциби

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiImloning fonetik prinsipi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin uch qismdan tashkil topgan. Imlo ‒ arab tilidagi “imlā’” (إملاء) so‘zidan olingan bo‘lib, “to‘g‘ri yozish”, “yozuv qoidalari” ma’nolarini anglatadi. Fonetik termini esa yunon tilidagi “phōnē” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “tovush”, “ovoz” ma’nolarini bildiradi. Ushbu so‘z asosida shakllangan fonetika termini nutq tovushlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limini anglatadi. -ik qo‘shimchasi orqali “fonetikaga oid” ma’nosi hosil qilingan. Prinsip ‒ lotin tilidagi “principium” so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, “asos”, “tamoyil”, “qoida” ma’nolarini anglatadi. Imloning fonetik prinsipi atamasi etimologik jihatdan “yozuvda nutq tovushlariga asoslanadigan tamoyil” degan ma’noni bildiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiImloning fonetik prinsipi ‒ so‘zlarni qanday talaffuz qilinsa, shunga yaqin tarzda yozishga asoslangan imlo tamoyilidir. Bu prinsipga ko‘ra, yozuvda tovushlarning nutqdagi real talaffuzi aks ettiriladi va so‘zlar eshitilishiga mos ravishda yoziladi. Tilshunoslikda imloning fonetik prinsipi so‘zlarni ularning talaffuziga yaqin holda yozishni nazarda tutadi. Ayniqsa, ayrim allomorflar shu tamoyil asosida yoziladi. Masalan: choptir, sezdir kabi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiОрфографиянын фонетикалык принциби
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Орфографиянын фонетикалык принциби» термини да илим дүйнөсүнө байыркы грек жана латын тилдеринен келген сөздөрдүн айкалышынан куралган. Бул терминдердин этимологиялык маанисин бириктирсек, «сөздөрдү кулакка кандай угулса же оозеки тилде кандай айтылса, дал ошол тыбыштык негизде туура жазуунун эрежеси» дегенди билдирет. Сөзмө-сөз айтканда, бул – «угуу/айтуу негизиндеги эреже».
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiТилдеги сөздөрдү оозеки речте кандай айтылса, ошондой жазууну талап кылган принцип фонетикалык принцип деп аталат. Фонетикалык принцип кыргыз орфоргафиясынын негизги принциби боло албайт, себеби кыргыз адабий тилиндеги сөздөр айтылышы же угулушу боюнча жазылбайт.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni2