Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Infinitiv |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin lotin tilidagi “infinitivus” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “cheklanmagan”, “aniqlanmagan”, “muayyan shaklga ega bo‘lmagan” degan ma’nolarni anglatadi. “in-” ‒ inkor ma’nosini beruvchi lotincha old qo‘shimcha bo‘lib, “emas”, “yo‘q” degan ma'nolarni bildiradi; finitivus ‒ lotincha “finis”‒“chegara”, “oxir”, “yakun” so‘zidan hosil bo‘lib, “chegaralangan”, “aniqlangan” ma’nolarini anglatadi. Infinitiv termini “chegaralanmagan shakl”, “aniq grammatik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmagan fe’l shakli” degan tushunchani bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda infinitiv fe’lning shaxs, son, zamon va mayl ko‘rsatkichlarini ifodalamaydigan, harakat yoki holatning umumiy nomini bildiruvchi noaniq shaklidir. Masalan: ingliz tilidagi to read, to write, to go shakllari infinitiv hisoblanadi. O‘zbek tilida esa infinitivga o‘qimoq, yozmoq, bormoq kabi harakat nomini bildiruvchi fe’llar mos keladi. Tilshunoslikda infinitiv harakatni shaxs, zamon va mayl bilan bog‘lamagan holda ifodalovchi fe’l shaklidir. U harakatning nomini bildiradi, xolos. O‘zbek tilida bu ma’no, asosan, harakat nomi shakllari orqali ifodalanadi. Masalan: borish, kelmoq, o‘qish kabi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |