Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Ingerent konnotatsiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin lotin tilidagi “inhaerens / inhaerentis” so‘zidan kelib chiqqan. “inhaerere” fe’li ‒“ichida bo‘lmoq”, “ajralmas bo‘lib bog‘langan bo‘lmoq”, “tabiatan xos bo‘lmoq” degan ma’nolarni bildiradi. Shundan inherent / ingerent ‒“ichki xos bo‘lgan”, “ajralmas”, “tabiatan mavjud” degan ma’noni anglatadi. Konnotatsiya termini lotin tilidagi “connotatio” so‘zidan olingan. “Con-” — “birgalikda”, “notare” ‒“belgilamoq, qayd etmoq” degan ma’nolarni bildiradi. Konnotatsiya ‒ so‘zning bevosita lug‘aviy ma’nosidan tashqari, unga qo‘shimcha ravishda bog‘langan emotsional, uslubiy yoki assotsiativ ma’nolarni anglatadi. Ingerent konnotatsiya atamasi etimologik jihatdan “so‘zning ichki tabiatiga xos bo‘lgan, undan ajralmas qo‘shimcha ma’no (his-tuyg‘u va assotsiatsiyalar)” degan ma’noni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Terminning mazmuniy izohi. Semasiologiyada ingerent konnotatsiya so‘zning nutqiy kontekstdan tashqarida ham mavjud bo‘ladigan qo‘shimcha emotsional yoki baholovchi ma’nosidir. Masalan: bashara so‘zi “yuz” ma’nosidan tashqari salbiy munosabatni ham ifodalaydi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |