Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Inkor yuklamasi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin inkor ‒ arabcha | “inkār” (إنكار) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “rad etish”, “tan olmaslik”, “bo‘lmaslikni bildirish”, “inkor qilish” ma’nolarini anglatadi. Yuklama ‒ o‘zbekcha “yukla-“ fe’lidan yasalgan bo‘lib, “yuklamoq”, “qo‘shmoq”, “biriktirmoq” ma’nolarini bildiradi. Tilshunoslikda esa yuklama gap yoki so‘zga qo‘shimcha ma’no ottenkalari beruvchi yordamchi so‘z turkumini anglatadi. Inkor yuklamasi termini “inkor ma’nosini yuklovchi (ifodalovchi) yordamchi so‘z” degan ma’noni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda inkor yuklamalari gap yoki so‘zning ma’nosiga bo‘lishsizlik, rad etish yoki inkor ma’nosini qo‘shadi. O‘zbek tilida na, emas, yo‘q kabi birliklar inkor ma’nosini ifodalashda qo‘llanadi va inkor yuklamalari bilan bog‘liq hodisalarni yuzaga keltiradi. Inkor yuklamasi -na. Takror holda ishlatilib, inkor ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Na ko‘kning fonari o‘chmasdan, Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan. (Uyg‘un) 1. Кo‘makchi, bog‘lovchi va yuklama nutqimizning cheksiz imkoniyatini boyroq, ifodalarimizning yanada aniqroq va go‘zalroq bo‘lishini, jumlalarning rang-barangligini ta’minlovchi muhim vositalardan. 2. Yordamchi so‘z til tizimida mohiyatan mustaqil so‘z bilan qo‘shimcha oralig‘ida turadi. 3. Bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi, ko‘makchi-yuklama kabilar – til tizimida yordamchi so‘z turkumiga xos bo‘lgan “oraliq uchinchi”. 4. Tilimizda nisbiy ko‘makchi, nisbiy bog‘lovchi, nisbiy yuklama sirasi mustaqil so‘zning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda. 6. Yuklama o‘z mohiyati bilan modalga yaqin. Shu tufayli bu ikkisi ko‘pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so‘z bilan yuklamani tenglashtirib bo‘lmaydi. Yuklama: 1) rang-barang ma’noni ifodalaydi, shulardan ba’zilarigina modal ma’noga yaqin keladi; 2) ko‘pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so‘zga tirkalib keladi. Modal so‘zlar esa: a) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murakkablashtiruvchi vosita sifatida ro‘yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, [WPm] gap qurilish qolipining [Pm] qismida mujassamlangan va xilma-xil vosita bilan ifodalanadigan tasdiq/inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat’iylik, istak, imkoniyat kabi ma’nolar gapning boshqa bo‘laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so‘z, tasdiq/inkor so‘zi vositasida kengaytiriladi. Masalan: Кanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi…(A.Qahhor) b) mustaqil ravishda yakka o‘zi bitta gap bo‘lib kela oladi va modal so‘z-gap deb yuritiladi. Bunday so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlashgan bo‘ladi: Кelasizmi? – Albatta. 3) yuklama morfologiyada yordamchi so‘z guruhida, modal so‘z-gap doirasida o‘rganiladi; 4) boshqa so‘z guruhi kabi modal ham, yuklama ham o‘ziga xos morfologik, sintaktik, ma’noviy belgiga ega. Modal bilan yuklamaning o‘zgarmasligi ularning morfologik belgisiga kiradi. Sintaktik jihatdan esa modal ajraluvchilik (ya’ni kirish so‘z vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo‘lagi bo‘la olmaslik) belgisiga ega. Semantik jihatdan modal so‘z fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo‘ladi. Yuklama esa ta’kid, o‘xshatish, kuchaytirish kabi qo‘shimcha ma’no ifodalaydi. Yuklama ifodalagan ma’no butun gapga bevosita taalluqli bo‘lmay, avvalo, o‘zi tirkalib kelgan bo‘lakning ma’nosini bo‘rttirishga xizmat qiladi va shu bo‘lak orqali butun gapga taalluqli bo‘ladi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Тангыч бөлүкчө |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Тангыч бөлүкчө» термини – кыргыз тилинин өзүнүн ички сөз жасоо мүмкүнчүлүктөрүнүн негизинде жаралган, толугу менен төл сөздөрүнөн куралган болуп, «сүйлөмдөгү же сөздөгү ойду, кыймыл-аракетти жокко чыгаруу, четке кагуу үчүн бөлүнүп алынган көмөкчү сөз» дегенди түшүндүрөт. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Тангыч бөлүкчөлөр айкашып келген сөздөргө же өздөрү катышып турган сүйлөмдөргө айтыла тургун ойду, фактыны тануу, жокко чыгаруу маанилерин кошумчалайт. Буга эч, тургай, турмак, турсун, түгүл өндүү бөлүкчөлөр кирет. Эч деген тангыч бөлүкчө сурама ат атоочтор менен кошулуп айтылып, тангыч ат атоочторду уюштурат: эч качан, эч ким, эч нерсе, эч кандай ж.б. Кээ бир сөздөрдө уңгуга кошулуп, сөз болуп биригип да кеткен. Мисалы: эчтеме, эчтеке. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |