info@gmail.com +998 99 741 35 23

Intellektual nutq —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiIntellektual nutq
Terminning o'zbekcha etimologiyasiIntellektual ‒ lotincha “intellectus” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “aql”, “idrok”, “tafakkur”, “anglash qobiliyati” ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z lotincha “intelligere”‒ “tushunmoq”, “anglamoq”, “idrok etmoq” fe’liga borib taqaladi. Nutq ‒ arabcha “nuṭq” (نطق) so‘zidan olingan bo‘lib, “so‘zlash”, “gapirish”, “fikrni til vositasida ifodalash” ma’nolarini anglatadi. Intellektual nutq atamasi etimologik jihatdan “aql-idrok va tafakkurga asoslangan holda fikrni og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash” degan ma'noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda intellektual nutq hissiy-emotsional munosabatlardan ko‘ra, asosan, fikr, ma’lumot va mantiqiy axborotni ifodalashga xizmat qiladigan nutq turidir. Bunday nutqda axborotning aniq va xolis bayoni ustunlik qiladi. Tilshunoslik va nutq madaniyati sohasida bu termin insonning bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi va tafakkur madaniyatini namoyon etuvchi, mazmunan boy, mantiqan izchil va ilmiy asoslangan nutqni ifodalash uchun qo‘llanadi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni2