Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Interpozitsiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Interpozitsiya termini ikki qismdan tashkil topgan: “inter-” ‒ lotincha “inter” so‘zidan olingan bo‘lib, “orasida”, “o‘rtasida” degan ma’nolarni anglatadi. Pozitsiya ‒ lotincha position ‒ “joylashuv”, “o‘rin”, “qo‘yish” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u “ponere”‒ “qo‘ymoq”, “joylashtirmoq” fe’liga borib taqaladi. Interpozitsiya termini “orasiga joylashtirish”, “ikki unsur o‘rtasida joylashish” degan ma’nolarni anglatadi. Interpozitsiya atamasi lotincha inter ‒ “orasida” va positio “joylashuv” so‘zlaridan tashkil topgan. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda interpozitsiya biror til birligi, ya’ni tovush, morfema, so‘z yoki grammatik vositaning boshqa birliklar orasida, ya’ni o‘rta pozitsiyada kelishini bildiradi. Terminning asosiy mazmuni ham aynan “ikki unsur o‘rtasidagi joylashuv holati” bilan bog‘liqdir. Sintaksisda interpozitsiya tobe komponentning hokim komponent qismlari orasida joylashish hodisasini bildiradi. Masalan, ko‘chirma gap muallif gapi qismlari orasida kelishi interpozitsiyaga misol bo‘la oladi. Masalan: “Men ertaga kelaman”, ‒ dedi u, ‒“agar vaqt topsam”. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |