info@gmail.com +998 99 741 35 23

Interyektivatsiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiInteryektivatsiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiInteryeksiya ‒ lotincha “interiectio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “inter” ‒ “orasiga” va “iacere”‒ “tashlamoq”, “otmoq” so‘zlaridan hosil bo‘lgan. U “undov”, ya’ni his-hayajon, buyruq yoki munosabatni ifodalovchi so‘z turkumini anglatadi. “-atsiya (-izatsiya)”‒ lotincha “-atio” qo‘shimchasidan olingan bo‘lib, “jarayon”, “holatga aylanish”, “o‘zgarish” ma’nolarini bildiradi. Interyektivatsiya atamasi etimologik jihatdan “undovga aylanish jarayoni” yoki “so‘zning interyeksiya (undov) vazifasini bajaradigan birlikka aylanishi” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda interyektivatsiya so‘z yoki boshqa til birliklarining asta-sekin o‘zining dastlabki leksik ma’nosini yo‘qotib, his-hayajon, munosabat yoki emotsiyani ifodalovchi undov so‘zga aylanish jarayonini bildiradi. Masalan, ayrim mustaqil so‘zlar vaqt o‘tishi bilan “voy!”, “eh!”, “dod!” kabi undov ma’nosida qo‘llanib, interyektivatsiya hodisasini namoyon qiladi. Tilshunoslikda interyektivatsiya mustaqil ma’noli so‘zlarning undov vazifasiga o‘tishi jarayonidir. Natijada bunday birliklar hissiy munosabatni ifodalash uchun qo‘llanadi. Masalan: barakalla!, ofarin!, qoyil! kabi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni2