Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Intonatsiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Intonatsiya termini etimologik jihatdan lotin tilidagi intonatio so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ovozni ko‘tarish va pasaytirish”, “ohang berish”, “kuylash tarzida talaffuz qilish” ma'nolarini anglatadi. “in-“ ‒ “ichiga”, “ustiga”, “yo‘naltirish” ma’nolarini bildiruvchi old qo‘shimcha; tonare ‒ “jaranglamoq”, “gumburlamoq”, “ovoz chiqarmoq” ma’nolarini anglatadi. Intonatsiya atamasining etimologik ma’nosi “ovozga ohang berish”, “nutqni ma’lum ohang bilan talaffuz qilish” demakdir. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda intonatsiya nutqning ohangdorligi bilan bog‘liq fonetik hodisa bo‘lib, u ovoz balandligi, kuchi, tempi, pauza va melodikaning o‘zgarishi orqali fikr, his-hayajon va gapning maqsadini ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, darak, so‘roq va undov gaplar bir-biridan ko‘pincha intonatsiyasi bilan farqlanadi.U nutqdagi ohang, ovoz balandligi va boshqa fonetik vositalarni qamrab oladi. Intonatsiyaning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar: nutq melodikasi, nutq ritmi, nutq intensivligi, nutq tempi, nutq tembri, mantiqiy urg‘u va fraza urg‘usi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Интонация |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Интонация» термининин келип чыгышы (этимологиясы) байыркы латын тилине барып такалат. Интонациянын негизин латынча «intonō» (же intonare) этиши түзөт. Ал эки бөлүктөн турат: in- – ички багытты, кыймылдын башталышын же күчөтүүнү билдирүүчү приставка, tonus (грек тилиндеги tónos сөзүнөн келген) – «үн», «обон», «чыңалуу» же «созуу» дегенди билдирет. Натыйжада intonō сөзү түз маанисинде «үн чыгарам», «катуу сүйлөйм» же «үн кошом» деген маанини берген. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Интонация – сүйлөгөндө же ырдаганда үндүн бийиктигин, катуулугун, темпин жана тембрин өзгөртүп, сөздүн же сүйлөмдүн маанисин жана сезимин билдирүүчү ыргактык кубулуш. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |