Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kirish kengaytiruvchilar |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kirish kengaytiruvchilar terminining etimologiyasi ikki tarkibiy qismdan iborat: kirish so‘zi turkiy “kir-” fe’l negizidan yasalgan bo‘lib, “ichkariga kirmoq”, “boshlanishda berilgan”, “nutqning bosh qismida joylashgan” ma’nolarini bildiradi. Tilshunoslikda esa gap tarkibiga qo‘shimcha ma’no yuklab, asosiy sintaktik tuzilma oldida keluvchi birliklarni ifodalash uchun ishlatiladi. Kengaytiruvchi / kengaytiruvchilar so‘zi turkiy “kengaytir-” fe’lidan yasalgan bo‘lib, “ma’noni kengaytirish”, “qo‘shimcha ma’no berish”, “tushunchani izohlab boyitish” ma’nolarini anglatadi. “-uvchi/-uvchilar” esa harakatni bajaruvchi yoki vazifani ifodalovchi ot yasovchi qo‘shimchadir. Kirish kengaytiruvchilar termini etimologik jihatdan “gapning kirish qismida kelib, asosiy fikrni izohlovchi va kengaytiruvchi sintaktik birliklar” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Kirish kengaytiruvchilar ‒ gapning asosiy mazmuniga qo‘shimcha izoh, baho, munosabat yoki aniqlashtiruvchi ma’no kiritish uchun kirish qismida qo‘llaniladigan sintaktik birliklardir. Ular gapning grammatik tuzilishiga bevosita bog‘lanmaydi, lekin nutqning mazmuniy yaxlitligini boyitadi, so‘zlovchining fikrga munosabatini (ishonch, taxmin, baho, xulosa va boshqalar) ifodalaydi hamda asosiy axborotni kengaytiradi. Masalan: Afsuski, u kelmadi. Menimcha, bu to‘g‘ri javob. Xullas, ish yakunlandi. Kirish kengaytiruvchilar ‒ gap mazmunini izohlab, baholab yoki aniqlashtirib keluvchi, asosiy sintaktik tuzilma bilan grammatik bog‘lanmagan kirish birliklaridir. Ma’lum bo‘ladiki, gap [Pm]i tarkibida mayl/modallik ma’nosi ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o‘zigina gapni tashkil etadi degan qarash ham mavjud. Chunki gap [Pm]ida mavjud va xilma-xil vosita bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat’iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma’no ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so‘z birikmasi hosil qilmagan bo‘lsa-da, [Pm] dagi mazkur ma’noga bevosita daxldor bo‘lgan subyektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko‘plab uchraydi: 1.Aka, bugun ota-onalar yig‘ilishiga dadam boradilarmi? – Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2.To‘g‘ri, yomon odam jazosini tortishi kerak, – dedi Saida. 3. Bu chol, qizining so‘ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz, o‘ylab qarasam, shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |