Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kishilik olmoshi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kishilik olmoshi terminining etimologiyasi ikki asosiy komponentdan iborat: kishilik so‘zi turkiy “kishi” leksemasidan yasalgan bo‘lib, “inson”, “shaxs”, “odam” ma’nolarini bildiradi. “-lik” qo‘shimchasi esa ot yasovchi affiks bo‘lib, mavhumlik va xususiyat ma’nosini ifodalaydi. Shu asosda “kishilik” so‘zi “shaxsga oidlik”, “insoniylik”, “shaxs bilan bog‘liqlik” degan ma’noni anglatadi. Olmosh so‘zi turkiy til qatlamiga mansub bo‘lib, “o‘rnini bosuvchi so‘z”, ya’ni boshqa so‘z (odatda ot yoki uning ifodasi) o‘rnida qo‘llanadigan grammatik birlik ma’nosini bildiradi. “Ol-” fe’l negizi “o‘rnini egallamoq”, “almashtirmoq” ma’nolariga yaqin bo‘lib, “-mash”/“-mosh” shakli esa otlashgan birlik hosil qiladi. Kishilik olmoshi termini etimologik jihatdan “shaxs (inson)ni ifodalovchi yoki uning o‘rnida qo‘llanadigan so‘z” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda kishilik olmoshlari shaxsni bildiruvchi va gapda ot o‘rnida kelib, shaxsni bevosita yoki bilvosita ifodalovchi olmoshlar hisoblanadi. Ular odatda uch shaxsga bo‘linadi: I shaxs: men, biz; II shaxs: sen, siz; III shaxs: u, ular. Kishilik olmoshi shaxs olmoshi deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qiladi. Shaxs olmoshining qo‘llanishida ayrim o‘ziga xoslik bor. Shaxs o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chgan holda qo‘llanishi mumkin. 1. Biz olmoshi II shaxs ko‘plikdagi siz olmoshi o‘rnida qo‘llanadi. Masalan: Qani, endi biz ishga tushaylik. Bunda tashviq ma’nosi anglashilib turadi. 2. Кo‘plikni ifodalovchi olmosh birlik uchun qo‘llanadi: Bu ishni biz uddaladik. Ushbu gapda men o‘rnida ishlatilgan biz maqtanish, kibr ma’nosini ifoda etmoqda. 3. Men o‘rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlikni ifodalashi mumkin: Biz bu maqolada yechimini kutayotgan muammoni olib chiqdik. 4. Sen o‘rnida siz, u o‘rnida ular olmoshi ishlatilib, hurmat ma’nosini ifodalaydi: Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz. Men buvimni yaxshi ko‘raman. Ular ham meni sevadi. 5. Siz olmoshi, ko‘pincha, birlik sonda hurmat ma’nosida qo‘llanilganligi sababli ikkinchi shaxs ko‘plik sonda sizlar shakli ishlatilishi mumkin: Sizlar kelajagimiz. 6. Кishilik olmoshiga -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda turli ma’no voqelanadi: – Senlarga aytyapman (kamsitish ma’nosi). –Sizlarda insof bormi? (ko‘plik ma’nosi). 7. O‘zbek tilida III shaxs ko‘plik olmoshi, aslida birlik sondagi olmoshning ko‘plik shaklidir: u+lar. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |