Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Ixtisoslashgan leksema |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin ixtisoslashgan arabcha “ixtisos” (اختصاص) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ajratish”, “biror sohaga xos qilish”, “muayyan faoliyat yo‘nalishiga mansublik” ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilidagi “-lash- va -gan” qo‘shimchalari yordamida “ixtisoslashgan” shakli hosil bo‘lib, “ma’lum bir sohaga moslashgan”, “maxsuslashgan” degan ma’noni bildiradi. Leksema yunoncha “lexis” (“so‘z”, “nutq ifodasi”) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tilshunoslikda tilning lug‘aviy birligi, ya’ni so‘zning lug‘atdagi mavhum shaklini anglatadi. Ixtisoslashgan leksema atamasi etimologik jihatdan “muayyan soha yoki faoliyatga xos bo‘lgan so‘z birligi” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda ixtisoslashgan leksema deb ma’lum fan, kasb, texnika, tibbiyot, huquq yoki boshqa maxsus sohalarda qo‘llanadigan va shu soha tushunchalarini ifodalovchi leksemalarga aytiladi. Masalan, fonema, morfema, sintaksis (tilshunoslikda), diagnostika, terapiya (tibbiyotda), konstitutsiya, yurisdiksiya (huquqshunoslikda) kabi so‘zlar ixtisoslashgan leksemalar hisoblanadi. Ixtisoslashgan leksema nutqiy yasama so‘z lisoniylashuvining eng quyi darajasi. Ixtisoslashgan leksema yasamaligini yo‘qotmagan, ya’ni o‘zida qolipning shakliy tomoni izini saqlagan, biroq ma’noviy tomondan qolipdan uzilgan, ma’nosini qolipning o‘ng (mazmuniy) tomonidan keltirib chiqarish imkoni bo‘lmagan, toraygan ma’noli leksema. Masalan, ishchi (worker, rabochiy) leksemasi “zavod yoki fabrikada ishlovchi, o‘rta ma’lumotli mutaxassis” ma’nosiga ega bo‘lib, u ot+ -chi=otdan anglashilgan narsa ustida ishlovchi kishi qolipi hosilasi. Qolip hosilasi sifatida u qolipning chap tomoni xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan. Chunki ishchi leksemasining shakliy tomoni, ya’ni nomemasida qolipning ot+ chi umumiyligi zarrasi, ko‘rinishi voqelangan. Leksema sememasi esa “shu otdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanuvchi shaxs” mohiyati ko‘rinishiga emas, balki uning toraygan, ma’lum bir ixtisosni anglatuvchi ko‘rinishi holatiga ega bo‘lib qolgan. Ishchi leksemasiga qiyosan olinadigan, deylik, kitobchi so‘zida so‘z yasash qolipining shakliy tomonidan ham, ma’noviy tomonidan ham uzilish kuzatilmaydi. Yoki yozuvchi leksemasi va yozuvchi so‘zini qiyoslaylik. Har ikkala hosila ham fe’l+uvchi=shu fe’ldan anglashuvchi harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs qolipi mahsuli. Uni gap tarkibida kuzatamiz. Masalan: 1.Yozuvchi hayotni teranroq kuzatadi. 2.Insho yozuvchi ijodkorligini namoyon qilishi kerak. Birinchi gapda yozuvchi leksemasi kasbni anglatib, ixtisoslashgan ma’noga ega. Ikkinchi gapda esa leksema muayyan yozish harakatini bajaruvchi shaxsni ifodalagan. “Adib” ma’nosidagi yozuvchi leksemasi shaklan emas, balki ma’noviy jihatdan qolipdan uzilgan, ixtisoslashgan ma’noli leksema. Ikkinchi hosila esa ham shaklan, ham mazmunan qolipga muvofiq kelgan nutqiy yasamadir. Leksema hosil bo‘lishining bu usuldagi boshqa ko‘rinishi sifatida so‘zning atamaviy ma’no kasb etishi (qo‘shish, ayirish, bo‘lish so‘zlar)ni ko‘rsatish mumkin. Nutqiy yasama so‘z lisoniylashuvining eng quyi darajasi. Ixtisoslashgan leksema yasamaligini yo‘qotmagan, ya’ni o‘zida qolipning shakliy tomoni izini saqlagan, biroq ma’noviy tomondan qolipdan uzilgan, ma’nosini qolipning o‘ng (mazmuniy) tomonidan keltirib chiqarish imkoni bo‘lmagan, toraygan ma’noli leksema. Masalan, ishchi (worker, rabochiy) leksemasi “zavod yoki fabrikada ishlovchi, o‘rta ma’lumotli mutaxassis” ma’nosiga ega bo‘lib, u ot+-chi = otdan anglashilgan narsa ustida ishlovchi kishi qolipi hosilasi. Qolip hosilasi sifatida u qolipning chap tomoni xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan. Chunki ishchi leksemasining shakliy tomoni, ya’ni nomemasida qolipning ot+chi umumiyligi zarrasi, ko‘rinishi voqelangan. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Кесиптик лексика |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | «Кесиптик лексика» термини эки башка тилдик булактан куралган эки сөздөн турат. Бул сөздүн уңгусу – кесип. Бул сөз араб тилинен кирген "касб" (كسب) сөзүнөн келип чыккан. Түпкү мааниси: Араб тилинде бул сөз "эмгек кылуу", "иштеп табуу", "акы алуу", "пайда табуу" же "жашоо үчүн каражат табуу жолу" деген маанилерди билдирет. Кыргыз тилинде: Сөзгө кыргыз тилинин -тик мүчөсү уланып, сын атооч формасына айланган (кесип + тик) жана белгилүү бир кесипке, ишмердүүлүккө таандык деген маанини берет. Лексика байыркы грек тилиндеги "lexikos" (λεξικός) сөзүнөн алынган болуп, "сөзгө таандык", "сөздүккө тиешелүү"дегенди билдирет. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Кесиптик лексика – бул белгилүү бир кесиптин, чарбанын же өндүрүш тармагынын өкүлдөрү тарабынан күнүмдүк же кесиптик иште гана колдонулган сөздөр жана туюнтмалар. Мисалы, врач, хирург, дарыкана, операция ж. б. медицина кызматкерлерине; живопись, графика, скульптура, портрет ж. б. сүрөтчүлөргө; очерк, аңгеме, повесть, поэзия, роман ж. б. жазуучуларга таандык. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |