Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Izofali birikma |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Izofali birikma termini izofa va birikma so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Izofali birikma termini ikki qismdan tashkil topgan: izofa ‒ arabcha “iḍāfa” (إضافة) so‘zidan olingan bo‘lib, “qo‘shish”, “biriktirish”, “bog‘lash”, “nisbat berish” ma’nolarini anglatadi; birikma ‒ o‘zbekcha “birikmoq” fe’lidan yasalgan bo‘lib, “qo‘shilish”, “bog‘lanish”, “uyushish” ma’nolarini bildiradi. Shunday qilib, izofali birikma atamasi etimologik jihatdan “izofa vositasida bog‘langan so‘zlar birikmasi” degan ma’noni anglatadi. Izofali birikma arabcha “iḍāfa”‒ “qo‘shish, bog‘lash” va o‘zbekcha “birikma” – “qo‘shilgan birlik” so‘zlaridan tashkil topgan tilshunoslik termini bo‘lib, so‘zlarning izofa munosabati asosida birikishini ifodalaydi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda izofali birikma deb ot va otning (yoki otlashgan so‘zlarning) o‘zaro qaratqich-egalik munosabati orqali bog‘lanishiga aytiladi. Masalan: kitobning muqovasi, bog‘ eshigi, uy tomi kabi birikmalar. Izofali birikma izofa vositalari yordamida shakllangan sintaktik birlikni anglatadi. Masalan: bahri dil, fasli yoz kabi. Izofali birikma ‒ qaratqich va egalik munosabati orqali bog‘langan ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, predmetlar o‘rtasidagi tegishlilik va mansublik munosabatlarini ifodalovchi sintaktik birlik. Izofali birikmalar tarkibidagi so‘zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ular predmet va uning egasi, qismi, belgisi yoki mansubligini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: o‘quvchining daftari, maktab bog‘i, kitob muqovasi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |