info@gmail.com +998 99 741 35 23

Jamlovchi son — Жамдама сан

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiJamlovchi son
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin jamlovchi ‒ arabcha “jam‘” (جمع) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “yig‘ish”, “to‘plash”, “birlashtirish” ma’nolarini bildiradi. O‘zbek tilida unga “-lovchi” qo‘shimchasi qo‘shilib, “yig‘uvchi”, “umumlashtiruvchi” degan ma’no hosil qiladi. Son ‒ turkiy tilshunoslik termini bo‘lib, predmetlarning miqdorini, sanog‘ini yoki tartibini bildiruvchi so‘z turkumi ma’nosini anglatadi. Jamlovchi son termini “bir nechta predmet yoki shaxsni bir butun sifatida jamlab ifodalovchi son turi” degan ma’noni bildiradi. Jamlovchi son predmetlarning aniq sonini emas, balki ularni umumlashtirib, yig‘indi sifatida ifodalashni bildiradi. Masalan: ikkov, uchov, beshov, o‘nlab kabi shakllar jamlovchi sonlarga kiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiJamlovchi son ‒ predmet yoki shaxslarning aniq individual sanog‘ini emas, balki ularni bir butun to‘plam yoki guruh sifatida jamlab ifodalovchi son turidir. Jamlovchi sonlar miqdorni alohida birliklar tarzida emas, balki yig‘indi, umumlashgan holat sifatida bildiradi. Ular ko‘pincha bir nechta predmetning birgalikdagi sonini, “birga olingan miqdorini” ko‘rsatadi. Masalan: ikkov, uchov, to‘rtov ‒ bir necha shaxsning birgalikdagi holati; o‘nlab, yuzlab ‒ taxminiy, umumiy miqdor. Jamlovchi sonlar nutqda miqdorni aniq hisoblashdan ko‘ra, uni umumlashtirib, guruhlashtirib ifodalash uchun xizmat qiladi. Jamlovchi son bir turdagi predmetning miqdoriy yig‘indisini ifodalaydi va sakkiz sonidan quyi turuvchi songa qo‘shiladi. Ular quyidagicha hosil qilinadi: 1) ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti soniga -ov/-ovlon affiksi qo‘shiladi: (ikkov(lon)), (uchov(lon), (to‘rtov(lon), (beshov(lon), (oltov(lon), (yettov(lon). Jamlovchi son egalik kategoriyasida kelishi mumkin: (beshovimiz), (ikkovi). Bu hodisa otlashuv sanalmaydi. 2) ikki, uch, to‘rt so‘zi -ala qo‘shimchasini olib jamlash ma’nosini ifodalaydi: ikkala, uchala, to‘rtala, beshala.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЖамдама сан
Terminning qirg'izcha etimologiyasiЖамдама сан атооч термини эки негизги бөлүктөн турат: «жамдама» жана «сан атооч».
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiЖамдама сан атооч заттын топтомун, жыйындысын билдирет. Бирден жетиге чейинки сандарга -оо / -өө мүчөсү уланып жасалат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni9