Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Jarangsiz undoshlar |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin o‘zbekcha “jarangsiz” va “undosh” so‘zlaridan tarkib topgan. Jarangsiz o‘zbek tilidagi “jarang”‒“ovoz”, “yangrash” so‘ziga “-siz” qo‘shimchasi qo‘shilishi orqali yasalgan. “-siz” qo‘shimchasi “ega emas”, “yo‘q” degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun “jarangsiz” so‘zi “ovozsiz”, “jarangi yo‘q” degan ma’noni anglatadi. Undosh ‒ turkiy tilshunoslik atamasi bo‘lib, talaffuz vaqtida nutq a’zolarida to‘siq hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan nutq tovushlarini bildiradi. Jarangsiz undoshlar termini “jarangi (ovoz paychalari tebranishi) bo‘lmagan undosh tovushlar” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda jarangsiz undoshlar talaffuz qilinayotganda ovoz paychalari tebranmaydigan, asosan shovqin ishtirokida hosil bo‘ladigan undosh tovushlar guruhini bildiradi. Masalan, p, t, k, q, s, f, x, h, ch, sh kabi tovushlar jarangsiz undoshlar hisoblanadi. Ular jarangli undoshlarga qarama-qarshi fonetik guruhni tashkil etadi. Tilshunoslikda jarangsiz undoshlar tarkibi faqat yoki, asosan, shovqindan iborat bo‘lgan undosh tovushlarni anglatadi. Ularni talaffuz qilishda ovoz paychalari tebranmaydi, shu sababli ton hosil bo‘lmaydi: p, t, k, s, x undoshlari kabi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Каткалаӊ үнсүздөр |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Каткалаӊ үнсүздөр деген термин эки сөздөн турат: «каткалаң» жана «үнсүздөр». |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Каткалаӊ үнсүздөр үн катышпай, жалаң гана шыбыш аркылуу жасалган үнсүздөр. Аларга – к, п, с, т, ф, х, ц, ч, ң, ш тыбыштары кирет. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 9 |