info@gmail.com +998 99 741 35 23

Jargon — Жаргон

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiJargon
Terminning o'zbekcha etimologiyasiJargon termini fransuz tilidagi jargon so‘zidan olingan bo‘lib, dastlab “tushunarsiz gap”, “g‘alati nutq”, “ma’lum bir guruhga xos til” degan ma’nolarni anglatgan. Bu so‘z qadimgi fransuz tilida qushlarning chug‘urlashi yoki tushunarsiz tovush chiqarishini ifodalovchi so‘z bilan bog‘lanadi. Keyinchalik jargon termini Yevropa tillarida ma’lum bir kasb, ijtimoiy guruh yoki toifa vakillari tomonidan ishlatiladigan o‘ziga xos so‘z va iboralarni anglata boshlagan. O‘zbek tiliga esa ruscha жаргон shakli orqali kirib kelgan. Jargon atamasining etimologik ma’nosi “muayyan guruhga xos nutq”, “boshqalarga to‘liq tushunarli bo‘lmagan maxsus til yoki so‘zlashuv usuli” degan tushunchani bildiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda jargon ma’lum kasb egalari, yoshlar, talabalar yoki boshqa ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanadigan, adabiy tildan farq qiluvchi maxsus so‘z va iboralar majmuasini anglatadi. Jargon ham qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi. Кasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida sotsial guruhni tashkil etgan kishilarning, asosan, og‘zaki nutqida ishlatiladigan va ma’nosini boshqalar ko‘p hollarda anglab yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Masalan: programmistlar jargoni, talabalar jargoni, mahbubslar jargoni, o‘g‘rilar jargoni, artistlar jargon. Jargon umumxalq tilidan maxsus leksikasi va frazeologiyasi hamda yasovchi vositalarining o‘ziga xos tarzda qo‘llanishi bilan farqlanadi: 1) talabalar jargoni: yopmoq (sessiyani tugatmoq), воздух (stipendiya), yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), quloq (chaqimchi), chizmoq, uzmoq (qochmoq), qotmoq (hayajonlanmoq); 2) yoshlar jargoni: g‘isht (xunuk), sindirmoq (lol qilmoq), крутой (ketvorgan), рисовка (ko‘z-ko‘z qilmoq), uxlatmoq (aldamoq), стрелка (uchrashuv), tashlashmoq (tortishmoq), baks (dollar), muzlatmoq (harakatdan to‘xtatmoq), dahshat (juda zo‘r); 3) harbiy xizmatchilar jargoni: dux (yangi kelgan askar), salyaga (bir-ikki oy xizmat qilgan askar), fazan (xizmatning yarmini o‘tagan askar) ded (xizmatdan qaytishi yaqinlashgan askar), diskoteka (oshxona naryadi). Jargonlar tarkibi boshqa tildan olingan o‘zlashma birlik bilan boyib boradi. Tez-tez yangilari bilan almashib turadi. Ayrim soha vakillari va soha guruhlari nutqiy tejamkorlik, qulaylik uchun ham jargon qo‘llaydi. Jargonning kelib chiqishi, qo‘llanilishi, turi kabi masalalar– sotsiolingvistikaning o‘rganish manbayi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЖаргон
Terminning qirg'izcha etimologiyasiЖаргон деген термин француз тилиндеги jargon сөзүнөн алынган болуп, келжир сөз деген маанини билдирет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiЖаргон – бул кандайдыр бир кесиптик же социалдык топтун гана өкүлдөрүнө түшүнүктүү болгон, жалпы элдик тилден айырмаланган өзгөчө сөздөрдүн жана сөз айкаштарынын жыйындысы. Белгилүү гана чөйрөлөр үчүн түшүнүктүү болгон шарттуу тил же жасалма сөздөр. Жаргондордо жалпы элдик тилдеги көпчүлүккө түшүнүктүү сөздөр менен алмашылат. Мисалы, кыргызча «бөлкөнтай» гонорар. Жаргон жеке адамдардын мүнөзүн ачуу үчүн көркөм адабиятта да, кээде бурмаланган, туура эмес айтылган сөздөрдү белгилөөдө да колдонулат. Жаргон негизинен, башка тилдеги сөздөрдү өздөштүрүүдөн (бабка, мани – акча англ. тилинен, чубак – жигит, бала цыган тилинен), кеңири колдонулган эле сөздөрдүн маанисин башка сөз менен берүүдөн (тачка – машине, братва – түрмөдө чогуу отургандар, старушка – эски машине), сөздү башкача, көбүнчө кыскартып айтуудан (универ – университет) пайда болот. Жаргондун жаралышы же сөздүн жаргон катары колдонулушу, орой, вульгардык аталышка чейин жетиши тигил же бул конкреттүү социалдык топтун карманган баалуулуктарына, багытына, коомдогу статусуна жараша болот да, алардын мүнөзүн аныктайт, б.а. ошол социалдык топ «ачык» болсо, анын жаргондору анчалык жашыруун, орой болбойт, ал эми «жабык» болсо, андай топтун жаргондору орой, вульгардык, жашыруун, өздөрүн жалпы коомчулукка каршы коюунун, жашыруун сүйлөшүүнүн каражатына айланат. Жаргон кеп маданиятына кедергисин тийгизет да, коомчулук аны анча кабыл ала бербейт. Арго, сленг сыяктуу коомчулук тарабынан четке кагылышы зарыл.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8