Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Jo‘nalish kelishigi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, jo‘nalish ‒ o‘zbek tilidagi “jo‘na-” fe’lidan yasalgan bo‘lib, “yo‘lga chiqmoq”, “harakat qilmoq”, “biror tomonga yo‘nalmoq” degan ma’nolarni anglatadi. “-lish” qo‘shimchasi esa harakat nomi yasab, “yo‘nalish jarayoni” ma’nosini hosil qiladi. Kelishik ‒ turkiy tilshunoslik termini bo‘lib, so‘zlarning gapdagi boshqa so‘zlar bilan grammatik bog‘lanishini ko‘rsatuvchi shakl tizimini bildiradi. Jo‘nalish kelishigi termini “yo‘nalishni, harakatning qaratilgan tomonini bildiruvchi kelishik” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Jo‘nalish kelishigi predmet yoki harakatning kimga?, nimaga?, qayerga? yo‘naltirilganini ifodalaydi va odatda -ga / -ka / -qa qo‘shimchalari orqali hosil bo‘ladi. Masalan: uyga, maktabga, do‘stga kabi shakllar jo‘nalish kelishigini bildiradi. Tilshunoslikda jo‘nalish kelishigi harakat yoki holatning yo‘nalgan nuqtasini ifodalovchi kelishik hisoblanadi. Ushbu kelishik o‘rin, vaqt, sabab, maqsad kabi qo‘shimcha ma’nolarni ham anglatishi mumkin. Jo‘nalish kelishigi, asosan, -ga (-ka, -qa) qo‘shimchalari yordamida hosil qilinadi. Masalan: maktabga, eshikka, qishloqqa kabi. Talabalar kutubxonaga yo‘l oldilar. Yig‘ilish bahorga qoldirildi. U ustoziga chuqur hurmat bilan qaradi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Барыш жөндөмөсү |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Барыш жөндөмөсү термини эки сөздөн түзүлгөн болуп, «кыймыл-аракеттин же ойдун кайсы тарапка багытталып, кайсы объектке карай барышын көрсөтүүчү жөндөмө» дегенди билдирген, «баруу» этишинин түз маанисинен келип чыккан термин. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Барыш жөндөмөсү кыймыл-аракеттин кимге, эмнеге багытталганын билдирет. Аларга кимге? эмнеге? деген суроо берилет. Барыш жөндөмөнү 16 вариантта өзгөргөн -га мүчөсү уюштурат. Мис., Жигитке жетимиш өнөр аздык кылат. Отун үчүн токойго бардык ж.б. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 9 |