Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Juft fe’l |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, “juft” ‒ fors-tojik tilidan o‘zlashgan “juft” (جفت) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “ikki narsa birga”, “qo‘sh”, “bir-biriga mos keluvchi juftlik” degan ma’nolarni anglatadi. Fe’l ‒ arabcha fi‘l (فعل) so‘zidan olingan bo‘lib, “harakat”, “ish-harakat”, “amal” degan ma’nolarni bildiradi. Juft fe’l termini “ikki fe’lning birikib, juft holda qo‘llanishi” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda juft fe’l bir-biriga yaqin, qarama-qarshi yoki ma’noni kuchaytiruvchi ikki fe’lning teng bog‘lanish asosida birikib, yagona yoki umumlashgan ma’no ifodalashini bildiradi. Bunday fe’llar ko‘pincha harakatning davomiyligi, takroriyligi yoki kuchaytirilgan ifodasini berish uchun ishlatiladi. Masalan: yig‘lab-sig‘lab, borib-kelib, kulib-yig‘lab, o‘qib-o‘rganib. Juft fe’l termini “ikki fe’lning juft holda birikib, bitta yaxlit harakat ma’nosini ifodalashi” bo‘lib, u o‘zbek tilida harakatni yanada ta’sirchan va ifodali qilish uchun qo‘llanadi. Juft fe’l grammatik shakliga ko‘ra ikki ko‘rinishda bo‘ladi: a) biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib o‘rgilmoq, yelib-yugurmoq, yayrab-yashnamoq,o‘ynab-kulmoq, qo‘llab-quvvatlamoq; b) har ikki qismi bir xil shaklda: aylanib-o‘rgilib, o‘ylamay-netmay, aralashib-quralashib, achib-bijib, tejab-tergab, qisinibqimtinib,yuvib-tarab, yayrab-yashnab. Tilshunosligimizda fe’l ibora bilan qo‘shma fe’l chegarasi aniq oydinlashtirilmagan. Juft fe’llar tarkibiy qismining qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi shakllarda bo‘ladi: 1) qismlari yakka holda ishlatiladigan juft fe’llar: a) qismlari o‘zaro sinonim: hormay-tolmay, qo‘llab-quvvatlamoq; b) qismlari o‘zaro antonim: kelib-ketib, o‘lib-tirilib, kirib-chiqib, o‘tirib-turib; d) qismlarining ma’nosi yaqin: aylanib-o‘rgilmoq, yeb-ichmoq, o‘ynab-kulmoq, oshirib-toshirib, yuvib-tarab. 2) ikkinchi qismi yakka (mustaqil) ishlatilmaydigan fe’l: aldab-suldab, yig‘lab-siqtab, yamab-yasqab, qolgan-qutgan. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 7 |