info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kakografiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKakografiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin ikki qismdan tashkil topgan: “kakos” ‒ yunoncha so‘z bo‘lib, “yomon”, “noto‘g‘ri”, “nuqsonli”, “sifatsiz” degan ma’nolarni anglatadi; “graphia” ‒ yunoncha so‘z bo‘lib, “yozuv”, “yozish”, “tasvirlash”, “yozib ifodalash” degan ma’nolarni bildiradi. Bu ikki qismning birikishidan hosil bo‘lgan “kakographia” so‘zi lug‘aviy jihatdan “noto‘g‘ri yozish”, “xato yozuv”, “yomon imlo” degan ma’nolarni anglatadi. Qadimgi yunon tilida kakos komponenti salbiy ma’no ifodalovchi ko‘plab terminlar tarkibida ishlatilgan. Masalan: kakofoniya ‒ yoqimsiz tovushlar uyg‘unligi; kakologiya ‒ noto‘g‘ri yoki qo‘pol nutq; kakografiya ‒ noto‘g‘ri yozuv. “Graphia” komponenti esa yozuv va tasvir bilan bog‘liq ko‘plab ilmiy terminlar tarkibida uchraydi: biografiya ‒ hayot yozuvi; geografiya ‒ yer tasviri; orfografiya ‒ to‘g‘ri yozuv; kakografiya ‒ noto‘g‘ri yozuv.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslik va metodikada kakografiya yozuvda imlo qoidalarining buzilishi, ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri yozilishi hodisasini bildiradi. Shuningdek, ta’lim metodikasida o‘quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida ataylab xatolar bilan berilgan matnlarni tuzatish usuli ham kakografik mashq deb ataladi. Til o‘qitish metodikasida kakografiya matnda ataylab qoldirilgan imloviy xatolarni o‘quvchilarga tuzatish uchun berish orqali savodxonlikni shakllantirish usulini anglatadi. Ushbu usulda o‘quvchi xatolarni topish va to‘g‘ri variantlarini tiklash jarayonida imlo qoidalarini mustahkamlaydi. Biroq mazkur metod pedagogik nuqtayi nazardan yetarlicha asoslangan usul sifatida baholanmaydi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni10