Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kalligrafiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kalligrafiya termini qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, ikki qismdan tashkil topgan: “kallos” ‒ yunoncha so‘z bo‘lib, “go‘zallik”, “nafislik”, “chiroylilik” degan ma’nolarni anglatadi; “graphia” ‒ “yozuv”, “yozish”, “tasvirlash” degan ma’nolarni bildiradi. Bu ikki qismning birikishidan hosil bo‘lgan kalligraphia ‒ so‘zi lug‘aviy jihatdan “chiroyli yozuv”, “go‘zal xat” degan ma’noni anglatadi. Yunon tilidan bu termin lotin tiliga calligraphia, keyinchalik esa Yevropa tillariga calligraphy, calligraphie, каллиграфия shakllarida o‘tgan. O‘zbek tiliga esa rus tili orqali kalligrafiya shaklida kirib kelgan. Ushbu termin “kalligrafiya” ‒ “kallos” ‒ “go‘zallik”; “graphia”‒“yozuv”so‘zlaridan olingan bo‘lib, “go‘zal yozuv san’ati” yoki “chiroyli yozish mahorati” degan ma’noni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Kalligrafiya yozuv belgilarini estetik va tartibli shaklda yozish san’ati hisoblanadi. U nafaqat yozuvning o‘qilishini, balki uning badiiy ko‘rinishini ham ta’minlaydi. Sharq va G‘arb madaniyatlarida kalligrafiya alohida san’at turi sifatida rivojlangan. Kalligrafiya harflar va yozuv belgilarini estetik me’yorlarga muvofiq ravishda chiroyli, ravon va tartibli yozish san’ati hamda ko‘nikmasidir. U yozuv madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, husnixat malakasini shakllantirishga xizmat qiladi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Каллиграфия |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Каллиграфия грек тилиндеги kallos – сулуу жана grapho – жазам деген сөздөрүнөн алынган болуп, сулуу жана так жазуу өнөрү дегенди билдирет. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Каллиграфия – бул сулуу жана так жазуу өнөрү. Аны көбүнчө «жазуунун бийик эстетикалык формасы» же «кол жазма аркылуу берилген сүрөт өнөрү» деп аташат. Каллиграфия жөн гана тамгаларды кагазга түшүрүү эмес, ар бир сызыктын, чекиттин жана тамгалардын өз ара айкалышын, гармониясын түзүү болуп саналат. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 8 |