Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kanselyarizm |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kanselyarizm termini bir necha til qatlamlari orqali shakllangan bo‘lib, uning asosida kanselyariya so‘zi yotadi. Kanselyariya ‒ lotincha cancellarius so‘zidan kelib chiqqan. Dastlab bu so‘z “idoradagi kotib”, “hujjat yurituvchi mansabdor” ma’nolarini bildirgan. Lotincha cancelli esa “panjara”, “to‘siq” degan ma’noni anglatgan. Qadimda kotiblar va mansabdorlar maxsus panjara ortida ishlaganlari sababli bu nom ularga nisbatan qo‘llanilgan. Keyinchalik bu so‘z fransuzcha chancellerie, nemischa Kanzlei, ruscha канцелярия shakllarida tarqalgan. -izm qo‘shimchasi esa yunoncha -ismos va lotincha -ismus elementlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “usul”, “yo‘nalish”, “xususiyat”, “hodisa” ma’nolarini bildiradi. Kanselyarizm atamasi etimologik jihatdan “kanselyariyaga xos usul yoki til xususiyati”, “rasmiy idoraviy nutqqa mansub birlik” degan ma’noni anglatadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda kanselyarizm deb rasmiy-ish yuritish uslubiga xos bo‘lgan, hujjatlar va idoraviy yozishmalarda ko‘p qo‘llanadigan so‘z, ibora yoki nutq qoliplariga aytiladi. Masalan: mazkur qaror asosida, yuqoridagilarni inobatga olib, tegishli choralar ko‘rilsin kabi birikmalar kanselyarizmlar hisoblanadi. Kanselyarizm termini lotincha “cancellarius” “kotib”, “idora xodimi” so‘ziga borib taqaladi va “-izm” qo‘shimchasi bilan birikib, etimologik jihatdan “idoraviy uslubga xos til vositasi” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda esa rasmiy-hujjat uslubiga mansub so‘z va iboralarni ifodalovchi termin sifatida qo‘llanadi. Uslubshunoslikda kanselyarizm rasmiy ish yuritish va idoraviy uslubga xos bo‘lgan so‘zlar, turg‘un birikmalar, grammatik shakllar hamda sintaktik qurilmalarni anglatadi. Bunday birliklar, odatda, hujjatlar va rasmiy yozishmalarda qo‘llanadi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 8 |