info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kasb-hunar leksikasi — Кесиптик лексик

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKasb-hunar leksikasi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKasb so‘zi arabcha kasb (كسب) so‘zidan olingan bo‘lib, “mehnat bilan topilgan ish”, “mashg‘ulot”, “tirikchilik manbai”, “mutaxassislik” degan ma’nolarni anglatadi. Hunar so‘zi fors-tojik tilidan kirib kelgan bo‘lib, “mahorat”, “ustalik”, “san’at”, “biror ishni bajarish qobiliyati” degan ma’nolarni bildiradi. Leksika termini yunoncha “lexikos” ‒ so‘zidan kelib chiqqan. U “lexis”‒ “so‘z”, “nutq”, “ifoda” ma’nolarini bildiruvchi so‘z bilan bog‘liq. Tilshunoslikda leksika tilning lug‘at boyligini, ya’ni barcha so‘zlar majmuasini anglatadi. Kasb ‒“mutaxassislik, mashg‘ulot”; hunar ‒ “mahorat, ustalik”; leksika ‒“so‘zlar majmui”. Bu qismlarning birikishidan hosil bo‘lgan kasb-hunar leksikasi atamasi etimologik jihatdan “kasb va hunarga oid so‘zlar majmui” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda kasb-hunar leksikasi muayyan kasb, hunar yoki ishlab chiqarish sohasi vakillari tomonidan qo‘llanadigan maxsus so‘z va atamalar yig‘indisini bildiradi. Bunday leksika ma’lum bir kasb faoliyati bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: dehqonchilikka oid: omoch, egat, hosil, sug‘orish; duradgorlikka oid: randa, arra, tesha; tikuvchilikka oid: andoza, bichim, chok; zargarlikka oid: uzuk, marvarid, zeb-ziynat. Kasb-hunar leksikasi termini arabcha kasb (“mutaxassislik”), forscha hunar (“mahorat”) va yunoncha leksika (“so‘zlar majmui”) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, etimologik jihatdan “kasb va hunarga oid so‘zlar yig‘indisi” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda esa muayyan kasb yoki hunar sohasida qo‘llanadigan maxsus lug‘aviy birliklar majmuasini bildiradi. Leksikologiyada kasb-hunar leksikasi muayyan kasb yoki hunar egalari nutqiga xos bo‘lgan so‘z va terminlar majmuasini bildiradi. Bunday birliklar ma’lum soha vakillari tomonidan faol qo‘llanadi. Masalan: duradgorlikka oid randa, iskana, bolg‘a, parma kabi so‘zlar kasb-hunar leksikasiga mansubdir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiКесиптик лексик
Terminning qirg'izcha etimologiyasiКесиптик лексика термини – бул түрк жана грек уңгуларынан куралган, түз маанисинде «белгилүү бир иш/өнөр чөйрөсүнө таандык сөздөрдүн жыйындысы» дегенди билдирген илимий түшүнүк.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiКесиптик лексика– белгилүү бир кесипке таандык болуп айтылган сөздөр. Мисалы, врач, хирург, дарыкана, операция ж. б. медицина кызматкерлерине; живопись, графика, скульптура, портрет ж. б. сүрөтчүлөргө; очерк, аңгеме, повесть, поэзия, роман ж. б. жазуучуларга таандык.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8