info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kasr son —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKasr son
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin kasr so‘zi arab tilidagi “kasr” (كسر) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “sindirish”, “bo‘lish”, “parchalash”, “butunning bir qismi” ma'nolarini anglatadi. Matematika terminologiyasida esa butunning ma’lum ulushini ifodalovchi son ma’nosida qo‘llanadi. Son so‘zi qadimgi turkiy “san” “hisoblash”, “sanoq” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, miqdorni bildiruvchi grammatik va matematik tushunchani ifodalaydi. Kasr son termini etimologik jihatdan “butunning bo‘lingan yoki ajratilgan qismini ifodalovchi son” degan ma’noni anglatadi. Ushbu termin matematika va tilshunoslikda butun miqdorning bir yoki bir necha ulushini bildiruvchi sonlarni, masalan: yarim, chorak, uchdan bir, beshdan ikki ifodalash uchun qo‘llanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiKasr son ‒ butun miqdorning bir yoki bir necha teng qismini ifodalovchi son turidir. Kasr sonlar predmet, hodisa yoki miqdorning butunga nisbatan ulushini bildiradi va odatda surat hamda maxrajdan tashkil topadi. Tilshunoslikda kasr sonlar miqdor sonlarning bir ko‘rinishi sifatida qaraladi va yarim, chorak, uchdan bir, beshdan ikki, o‘ndan yetti kabi shakllarda ifodalanadi. Masalan: yarim non ‒ nonning ikkidan bir qismi; uchdan bir qism ‒ butunning uch teng qismidan biri; beshdan ikki ‒ butunning besh qismidan ikki qismi. Kasr son butun miqdorning ulushini yoki bo‘lagini bildiruvchi son ma'nosiga ega bo‘lgan grammatik birlikdir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8