info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kataxreza —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKataxreza
Terminning o'zbekcha etimologiyasiUshbu termin kataxreza (katakreza) terminining etimologiyasi qadimgi yunon tiliga borib taqaladi. Bu termin yunoncha “kathchrēsis” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u ikki qismdan tashkil topgan: kata-“noto‘g‘ri”, “ortiqcha”, “me’yordan chiqish”, “chraomai / chrēsis” ‒ “foydalanish”, “qo‘llash”. Dastlab, bu so‘z “noto‘g‘ri qo‘llash”, “me’yordan chetga chiqib ishlatish” ma’nosini bildirgan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslik va adabiyotshunoslikda esa katakreza ‒ ma’no ko‘chishi natijasida so‘zning asl ma’nosiga mantiqan mos kelmaydigan, lekin obrazli ifoda sifatida ishlatiladigan holatni anglatadi. Ya’ni mavjud so‘z yoki ibora “bo‘shliqni to‘ldirish” uchun noodatiy ma’noda qo‘llanadi. Masalan: “stulning oyog‘i”, “stolning qo‘li” kabi ifodalar katakrezaga yaqin metaforik ishlatishlar sifatida qaraladi. Katakreza termini etimologik jihatdan “noto‘g‘ri yoki o‘rinli bo‘lmagan qo‘llash” degan qadimgi yunoncha tushunchadan kelib chiqqan. Uslubshunoslikda kataxreza qarama-qarshi yoki mantiqan mos kelmaydigan tushunchalarni birikma tarkibida qo‘llash, shuningdek, so‘zni uning asl ma’nosiga mos bo‘lmagan tarzda ishlatish usulidir. Masalan: shirin azob, jimjit qichqiriq, qora nur kabi birikmalar kataxrezaga misol bo‘la oladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8