info@gmail.com +998 99 741 35 23

Katta harf — Баш тамга

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKatta harf
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKatta harf terminining etimologiyasi ikki mustaqil so‘zning birikishidan hosil bo‘lgan. Katta so‘zi qadimgi turkiy “katta/qatta” shakllariga borib taqaladi va “yirik”, “ulug‘”, “hajmi yoki darajasi jihatidan katta” ma’nolarini anglatadi. Harf so‘zi arabcha “ḥarf” (حرف) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, “yozuv belgisi”, “alifbo elementi”, “tovushni ifodalovchi grafema” ma’nolarini bildiradi. Shunday qilib, katta harf termini etimologik jihatdan “hajmi jihatidan katta ko‘rinishda yoziladigan harf” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiKatta harf ‒ alifbodagi harflarning bosh shakli bo‘lib, yozuvda ayrim so‘z va gaplarni boshqa birliklardan ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Katta harf gapning birinchi so‘zida, atoqli otlarda, tashkilot, muassasa, davlat, shahar, daryo, tog‘ nomlarida hamda orfografiya qoidalarida belgilangan boshqa holatlarda ishlatiladi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi. Samarqand shahri. Alisher Navoiy. Bugun havo iliq. Katta harf yozma nutqda muhim ma’no farqlash vazifasini bajaradi va matnning orfografik me’yorlarga muvofiq yozilishini ta’minlaydi. Shu sababli u grafika va orfografiyaning muhim tushunchalaridan biri hisoblanadi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiБаш тамга
Terminning qirg'izcha etimologiyasiБаш тамга термини кыргыз тилиндеги эки уңгу сөздөн куралган татаал сөз.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiБаш тамга – кичине тамгалардан жазылышы менен айырмалана турган чоң тамга. Баш тамга менен сүйлөмдөгү биринчи сөз, энчилүү аттар ж. б. сөздөр ошол тилдин орфографиялык эрежесине жараша жазылат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni7