info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kesim — Баяндооч

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKesim
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKesim terminining etimologiyasi turkiy til qatlamiga mansub bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: kes- so‘zi qadimgi turkiy tilga oid fe’l bo‘lib, “ajratmoq”, “bo‘lmoq”, “chegaralamoq”, “yakunlamoq” ma’nolarini bildiradi. -im qo‘shimchasi esa ot yasovchi affiks bo‘lib, harakat natijasi yoki jarayon nomini hosil qiladi. Shu asosda kesim so‘zi dastlab “ajratilgan qism” yoki “yakuniy natija” ma’nosiga yaqin bo‘lgan, keyinchalik grammatik termin sifatida shakllanib, gapning asosiy predikativ qismini ifodalashga xizmat qilgan. Kesim termini etimologik jihatdan “gapda fikrni yakunlaydigan va ega haqida ma’lumot beradigan asosiy bo‘lak” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda kesim ‒ gapning grammatik markazi bo‘lib, ega haqida xabar, harakat, holat yoki belgi bildiruvchi bosh bo‘lak hisoblanadi. Masalan: U o‘qidi, U chiroyli, U uyda kabi gaplarda o‘qidi, chiroyli, uyda kesim vazifasini bajaradi. Sintaksisda kesim gapning predikativlikni ifodalovchi bosh bo‘lagi hisoblanadi. Ikki tarkibli gaplarda u ega bildirgan shaxs, predmet yoki hodisaning belgisini, harakatini yoki holatini tasdiq yoki inkor shaklida ifodalaydi. Kesim ifoda materialiga ko‘ra ot-kesim va fe’l-kesim, tuzilishiga ko‘ra esa sodda kesim va murakkab kesim turlariga ajratiladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiБаяндооч
Terminning qirg'izcha etimologiyasiБаяндооч – кыргыз тилиндеги грамматикалык термин. Анын этимологиясы «баян» деген сөзгө байланыштуу. Баян – араб тилинен кирген сөз болуп, түшүндүрүү, билдирүү, баяндоо, айтып берүү деген маанилерди туюнтат. Баянда- – «айтып берүү, сүрөттөп берүү, билдирүү» маанисиндеги этиш. -ооч – кыргыз тилиндеги кыймыл-аракетти аткаруучу же белгилүү бир кызматты аткаруучу маанини туюндуруучу сөз жасоочу мүчө.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiБаяндооч – грамматикалык жактан сүйлөмдүн ээсине баш ийип, анын кыймыл-аракетин, абалын, сыпатын, мүнөзүн, санын, ким, эмне экендигин билдирүүчү баш мүчө. Баяндооч ээге баш ийип, аны жак, сан боюнча ээрчип айтылат, предикативдик катышты түзөт. Тутумуна карай жөнөкөй, тутумдаш баяндооч болуп бөлүнөт: Өзүңөр жеңиштүү кайткыла! (Т.С.). Менин атам - темир жол жумушчусу (А.Т.).
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni7