info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kinetik nutq —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKinetik nutq
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKinetik nutq terminining etimologiyasi ikki tarkibiy qismdan iborat: kinetik so‘zi qadimgi yunoncha “kínētikos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “harakatga oid”, “harakat qiluvchi”, “siljish bilan bog‘liq” degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘zning ildizi “kineō” “harakatlantirmoq, qo‘zg‘atmoq” fe’liga borib taqaladi. Nutq so‘zi turkiy tillarga xos bo‘lib, “so‘zlash”, “gapirish jarayoni”, “fikrni til orqali ifodalash” ma’nolarini anglatadi. Kinetik nutq termini etimologik jihatdan “harakatga asoslangan nutq” degan ma’noni bildiradi. Tilshunoslikda kinetik nutq odatda og‘zaki nutq bilan birga yoki uning o‘rnida qo‘llaniladigan imo-ishora, mimika, tana harakatlari orqali ifodalangan kommunikatsiya shaklini anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiKinetik nutq ‒ insonning fikr va hissiyotlarini so‘zsiz, ya’ni imo-ishora, mimika, gavda harakati va boshqa noverbal vositalar orqali ifodalash shaklidir. Bu nutq turi muloqot jarayonida og‘zaki nutqni to‘ldiradi yoki ba’zi hollarda uning o‘rnini bosadi. Kinetik nutq orqali so‘zlovchi o‘z munosabatini, emotsional holatini yoki ma’lum axborotni harakatlar vositasida yetkazadi. Masalan: boshni qimirlatish (tasdiqlash yoki inkor qilish); qo‘l ishoralari (chaqirish, ko‘rsatish); yuz ifodasi (quvonch, g‘azab, hayrat). Kinetik nutq ‒ so‘zsiz muloqotda harakat va ishoralar orqali ma’no ifodalashga xizmat qiluvchi kommunikativ nutq turidir. Tilshunoslikda kinetik nutq fikr almashishda tovushli nutqdan ko‘ra turli tana harakatlari, imo-ishoralar va mimik vositalar orqali axborot yetkazishni anglatadi. Bunday nutq turi ko‘pincha imo-ishora tili bilan bog‘liq holda qo‘llanadi. Masalan, qo‘l harakatlari yoki yuz ifodalari orqali ma’no yetkazish kinetik nutqning ko‘rinishlaridan biridir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3