Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kirish tuzilma |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Ushbu termin ikki qismdan tashkil topgan. Kirish ‒ turkiy tillardagi kir- (ichkariga kirmoq) fe’lidan yasalgan bo‘lib, “biror matn yoki nutq tarkibiga qo‘shimcha ravishda kiritilgan unsur” ma’nosini bildiradi. Tuzilma ‒ o‘zbek tilidagi tuz- (tartibga solmoq, tashkil qilmoq) fe'lidan hosil bo‘lgan bo‘lib, “qurilish, tarkib, struktura” ma'nolarini anglatadi. Kirish tuzilma termini tilshunoslikda gapning grammatik tuzilishiga bevosita bog‘lanmagan, ammo so‘zlovchining fikrga munosabati, bahosi, ishonchi yoki qo‘shimcha izohini ifodalash uchun nutqqa kiritilgan sintaktik birliklarni anglatadi. Bu terminning mazmunida “asosiy gap tarkibiga qo‘shimcha ravishda kiritilgan tuzilma” ma'nosi mujassamdir. Masalan: Menimcha, bugun ob-havo yaxshi bo‘ladi gapidagi menimcha kirish tuzilma hisoblanadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Kirish tuzilma ‒ gapning asosiy mazmuni bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan, ammo so‘zlovchining fikrga munosabatini, bahosini, ishonch yoki gumonini, his-hayajonini, fikrning manbasini yoki bayon etilish tartibini ifodalash uchun qo‘llanadigan sintaktik birlikdir. Kirish tuzilmalar gap bo‘laklari vazifasini bajarmaydi va odatda intonatsiya hamda tinish belgilari yordamida asosiy gapdan ajratiladi. Masalan: Afsuski, yig‘ilish bugun bo‘lmaydi. Bu gapda afsuski so‘zi kirish tuzilma bo‘lib, so‘zlovchining munosabatini bildiradi. Tilshunoslikda kirish tuzilma gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan va so‘zlovchining fikrga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi sintaktik birlikdir. Kirish tuzilma so‘z birikmasi yoki gap shaklida kelishi mumkin. Masalan: Mening nazarimda, bu eng to‘g‘ri yo‘l.; Ochig‘ini aytganda, bu qaror kutilmagan edi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |