Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kiritma so‘z birikmasi |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kiritma so‘z birikmasi terminining etimologiyasi uch tarkibiy qismdan tashkil topgan: Kiritma so‘zi turkiy “kir-” fe’l negizidan yasalgan bo‘lib, “ichkariga kiritilgan”, “asosiy tarkib orasiga qo‘shilgan” ma’nolarini bildiradi. -ma qo‘shimchasi harakat natijasini ifodalovchi ot yasovchi affiksdir. So‘z so‘zi qadimgi turkiy “söz” shaklidan kelib chiqqan bo‘lib, “fikrni ifodalovchi til birligi”, “nutq elementi” ma’nolarini anglatadi. Birikma so‘zi turkiy “birik-” fe’lidan yasalgan. “Birikmoq”‒“qo‘shilmoq”, “bog‘lanmoq”, “yaxlit birlik hosil qilmoq” ma’nolarini bildiradi. -ma qo‘shimchasi esa natija yoki hosil bo‘lgan birlik nomini ifodalaydi. Kiritma so‘z birikmasi termini etimologik jihatdan “gap tarkibiga qo‘shimcha ma’no ifodalash uchun kiritilgan va bir necha so‘zdan tashkil topgan sintaktik birlik” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda kiritma so‘z birikmasi so‘zlovchining fikrga munosabatini, bahosini, ishonchi yoki gumonini ifodalovchi va gapning asosiy mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklovchi bir necha so‘zdan iborat kiritma birlik hisoblanadi. Masalan: menimcha, aytishlaricha, nazarimda, to‘g‘risini aytganda, mening fikrimcha kabi birliklar kiritma so‘z birikmalari sifatida qo‘llanadi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Sintaksisda kiritma so‘z birikmasi kiritma so‘z vazifasini bajaruvchi, asosiy gapga qo‘shimcha izoh yoki ma’lumot beruvchi so‘z birikmasidir. U gap mazmunini kengaytiradi, biroq uning grammatik asosiga kirmaydi. Masalan: Bu asar (adabiyotshunoslarning fikricha) o‘z davri uchun muhim hodisa bo‘lgan. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 4 |