info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kishilik olmoshi — Жактама ат атооч

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKishilik olmoshi
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKishilik olmoshi terminining etimologiyasi ikki asosiy komponentdan iborat: kishilik so‘zi turkiy “kishi” leksemasidan yasalgan bo‘lib, “inson”, “shaxs”, “odam” ma’nolarini bildiradi. “-lik” qo‘shimchasi esa ot yasovchi affiks bo‘lib, mavhumlik va xususiyat ma’nosini ifodalaydi. Shu asosda “kishilik” so‘zi “shaxsga oidlik”, “insoniylik”, “shaxs bilan bog‘liqlik” degan ma’noni anglatadi. Olmosh so‘zi turkiy til qatlamiga mansub bo‘lib, “o‘rnini bosuvchi so‘z”, ya’ni boshqa so‘z (odatda ot yoki uning ifodasi) o‘rnida qo‘llanadigan grammatik birlik ma’nosini bildiradi. “Ol-” fe’l negizi “o‘rnini egallamoq”, “almashtirmoq” ma’nolariga yaqin bo‘lib, “-mash”/“-mosh” shakli esa otlashgan birlik hosil qiladi. Kishilik olmoshi termini etimologik jihatdan “shaxs (inson)ni ifodalovchi yoki uning o‘rnida qo‘llanadigan so‘z” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda kishilik olmoshlari shaxsni bildiruvchi va gapda ot o‘rnida kelib, shaxsni bevosita yoki bilvosita ifodalovchi olmoshlar hisoblanadi. Ular odatda uch shaxsga bo‘linadi: I shaxs: men, biz; II shaxs: sen, siz; III shaxs: u, ular. Kishilik olmoshi shaxs olmoshi deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qiladi. Shaxs olmoshining qo‘llanishida ayrim o‘ziga xoslik bor. Shaxs o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chgan holda qo‘llanishi mumkin. 1. Biz olmoshi II shaxs ko‘plikdagi siz olmoshi o‘rnida qo‘llanadi. Masalan: Qani, endi biz ishga tushaylik. Bunda tashviq ma’nosi anglashilib turadi. 2. Кo‘plikni ifodalovchi olmosh birlik uchun qo‘llanadi: Bu ishni biz uddaladik. Ushbu gapda men o‘rnida ishlatilgan biz maqtanish, kibr ma’nosini ifoda etmoqda. 3. Men o‘rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlikni ifodalashi mumkin: Biz bu maqolada yechimini kutayotgan muammoni olib chiqdik. 4. Sen o‘rnida siz, u o‘rnida ular olmoshi ishlatilib, hurmat ma’nosini ifodalaydi: Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz. Men buvimni yaxshi ko‘raman. Ular ham meni sevadi. 5. Siz olmoshi, ko‘pincha, birlik sonda hurmat ma’nosida qo‘llanilganligi sababli ikkinchi shaxs ko‘plik sonda sizlar shakli ishlatilishi mumkin: Sizlar kelajagimiz. 6. Кishilik olmoshiga -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda turli ma’no voqelanadi: – Senlarga aytyapman (kamsitish ma’nosi). –Sizlarda insof bormi? (ko‘plik ma’nosi). 7. O‘zbek tilida III shaxs ko‘plik olmoshi, aslida birlik sondagi olmoshning ko‘plik shaklidir: u+lar.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЖактама ат атооч
Terminning qirg'izcha etimologiyasiЖактама ат атооч термини кыргыз тил илиминдеги лингвистикалык түшүнүктөрдүн бири. Бул термин да накта кыргыз «жактама», «ат», «атооч» сөздөрүнөн куралган.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiЖактама ат атоочтор затты жак аркылуу көрсөтөт. Жак сөзгө катышкандардын сүйлөөчүгө карата болгон катышы боюнча аныкталат. Кыргыз тилинде сөзгө тике жана кыйыр түрүндө катышуучу үч жак бар. 1- жана 2- жак (мен, сен) сөзгө тике катышат, 3-жак (ал) кеп процессине катышпайт. Жекелик түргө көптүк форманы уюштуруучу -лар мүчөсү жалганып, көптүк форманы (биз,силер,алар) уюштурат. 2- жактын сылык жана одоно формасы бар: сен-сиз, силер-сиздер. Жактама ат атоочтордун өзгөрүшү. Жак жана таандык категориясы боюнча баары тең эле өзгөрбөйт. Себеби, булар ошол таандык кылып турган тараптардын өздөрүн атайт. Жакчыл таандык мүчөлөр менен 3-жактын жактама ат атоочу гана өзгөрөт: 2) аным, аныбыз; 3) аның, аныңыз, аныңар, аныңыздар; 4) анысы. Жалпы таандык мүчө менен жактама ат атоочтордун бардыгы өзгөрөт: меники, биздики, сеники, сиздики, силердики, сиздердики, аныкы, алардыкы, аныңыздыкы, анысыныкы, аларыңыздыкы.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni2