info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kompozitsiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKompozitsiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKompozitsiya termini lotin tilidan kelib chiqqan xalqaro ilmiy termindir. Lotincha “composition” so‘zidan olingan bo‘lib, “tuzish, birlashtirish, qismlarni ma’lum tartibda joylashtirish” degan ma’nolarni bildiradi. Compositio so‘zi esa componere fe’lidan yasalgan: “com-” ‒ “birga, qo‘shib”; ponere ‒ “qo‘ymoq, joylashtirmoq”. “Componere”‒ “birlashtirmoq, tuzmoq, tarkib topdirmoq” degan ma’noni anglatadi. Kompozitsiya termini etimologik jihatdan “qismlarni ma’lum tartib asosida birlashtirish va joylashtirish” degan ma’noni bildiradi. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va san’atshunoslikda bu termin asar, matn yoki boshqa bir butunlikni tashkil etuvchi qismlarning o‘zaro bog‘lanishi va joylashish tartibini ifodalash uchun qo‘llanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiKompozitsiya ‒ asar, matn yoki nutqning qismlarini ma’lum bir maqsad va mantiq asosida joylashtirish hamda o‘zaro bog‘lash tizimidir. U butun asarning tuzilishini, qismlarining ketma-ketligi va o‘zaro munosabatini belgilaydi. Adabiyotshunoslik va tilshunoslikda kompozitsiya asarning mazmunini to‘liq va izchil ifodalashga xizmat qiladi. Kompozitsiya tarkibiga kirish, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi qismlar kirishi mumkin. Masalan: hikoya yoki romandagi voqealarning ma’lum tartibda bayon qilinishi, qahramonlar va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi asarning kompozitsiyasini tashkil etadi. Kompozitsiya ‒ asar yoki matnning qismlarini mazmun va g‘oyaga muvofiq ravishda tartibli joylashtirish hamda bir butun tizimga birlashtirish usulidir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3