info@gmail.com +998 99 741 35 23

Konsonant — Консонант

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKonsonant
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKonsonant termini lotincha consonans / consonantem so‘zidan olingan bo‘lib, “birga jaranglovchi, mos keluvchi, tovush jihatdan uyg‘un” degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z “con-“ ‒ “birga, qo‘shilib” va “sonare” “jaranglamoq, tovush chiqarmoq” qismlaridan tashkil topgan. Consonare fe’li “birga jaranglamoq, uyg‘un tovush chiqarmoq” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda “consonant” atamasi dastlab “unli bilan birga jaranglaydigan tovush” ma’nosida ishlatilgan. Konsonant termini etimologik jihatdan “unli bilan birga talaffuz qilinadigan, unga tayanuvchi nutq tovushi” degan ma’noni bildiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiKonsonant ‒ nutq tovushlaridan biri bo‘lib, talaffuz jarayonida havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchrashi natijasida hosil bo‘ladigan undosh tovushlarni bildiradi. Mazmunan konsonantlar: mustaqil bo‘g‘in hosil qila olmaydi (odatda unlilarga tayangan holda talaffuz qilinadi); og‘iz va bo‘g‘izdagi to‘siqlar (lab, til, tish, tanglay) orqali hosil bo‘ladi; so‘zlarning tuzilishi va ma’nosini farqlashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan: b, d, k, m, s, t kabi tovushlar konsonant (undosh) tovushlardir. Konsonant ‒ havo oqimining to‘siqlarga uchrashi natijasida hosil bo‘ladigan va nutqda unlilar bilan birga qo‘llanadigan undosh tovushdir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiКонсонант
Terminning qirg'izcha etimologiyasiКонсонант термини латындын consonans (бирге угулуучу, кошулуп чыгуучу) деген сөзүнөн алынган.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiКонсонант (же консонанттык тыбыш) – бул үнсүз тыбыш. Тил илиминде (лингвистикада) өпкөдөн чыгып келе жаткан абанын агымы ооз көңдөйүндө кандайдыр бир тоскоолдукка (тиш, тил, эрин ж.б.) учурап, сүрүлүүдөн же жарылуудан пайда болгон тыбыштар ушундай аталат. Кыргыз тилиндеги [б], [в], [г], [д], [ж], [з], [к], [л], [м], [н], [ң], [п], [р], [с], [т], [ф], [х], [ц], [ч], [ш], [щ] сыяктуу тыбыштар консонанттар (үнсүздөр) болуп саналат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3