info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kontakt dissimilyatsiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKontakt dissimilyatsiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKontakt dissimilyatsiya termini ikki qismdan tashkil topgan: kontakt va dissimilyatsiya. Kontakt so‘zi lotincha “contactus” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “tegish, tutashish, bevosita aloqa” degan ma’nolarni bildiradi. U “con-” “birga” va “tangere” “tegmoq” qismlaridan hosil bo‘lgan. Dissimilyatsiya so‘zi lotincha “dissimilation”‒ “o‘xshashlikning yo‘qolishi, farqlanish” so‘zidan olingan. Bu so‘z: “dis- ” ‒ “ajralish, uzoqlashish”; similis ‒“o‘xshash” qismlaridan tashkil topgan. Shuning uchun dissimilatio “o‘xshash tovushlarning bir-biridan farqlanib ketishi” ma’nosini anglatadi. Kontakt dissimilyatsiya termini etimologik jihatdan “bevosita yonma-yon turgan o‘xshash tovushlarning bir-biridan farqlanishi jarayoni” degan ma’noni bildiradi. Tilshunoslikda bu termin yonma-yon kelgan ikki o‘xshash yoki bir xil tovushdan birining talaffuz jarayonida o‘zgarib, boshqasidan farqlanib qolishini ifodalash uchun qo‘llanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiKontakt dissimilyatsiya ‒ bir-biriga bevosita qo‘shni (yonma-yon) joylashgan o‘xshash yoki bir xil tovushlardan birining talaffuz jarayonida o‘zgarib, ikkinchisidan farqlanib qolish hodisasidir. Mazmunan kontakt dissimilyatsiya: yonma-yon kelgan tovushlar o‘rtasida yuz beradi; tovushlarning haddan tashqari o‘xshashligini kamaytiradi; talaffuzni qulaylashtirishga xizmat qiladi; fonetik o‘zgarishlarning bir turi hisoblanadi. Masalan: ayrim so‘zlarda yonma-yon turgan o‘xshash undoshlardan biri boshqa tovushga aylanishi yoki o‘z xususiyatini o‘zgartirishi natijasida kontakt dissimilyatsiya yuzaga keladi. Kontakt dissimilyatsiya ‒ yonma-yon joylashgan o‘xshash tovushlarning talaffuz jarayonida bir-biridan farqlanib ketishi natijasida yuz beradigan fonetik hodisadir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3