info@gmail.com +998 99 741 35 23

Kontextual ma’no — Контексттик маани

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiKontextual ma’no
Terminning o'zbekcha etimologiyasiKontekstual ma’no termini ikki qismdan tashkil topgan: kontekstual va ma’no. Kontekstual so‘zi lotincha “contextus” “bog‘langan matn, bir-biriga ulanib ketgan nutq” so‘zidan kelib chiqqan. Bu so‘z contexere fe’lidan yasalgan: “con- ”‒ “birga, qo‘shib”; texere ‒ “to‘qimoq, bog‘lamoq”. Contextus “bir-biriga bog‘langan, uzviy matn” degan ma’noni bildiradi. Shu asosda kontekstual ‒ “kontekstga oid, nutqiy muhit bilan bog‘liq” degan ma’noni olgan. Ma’no so‘zi arabcha maʿnā (معنى) so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, “mazmun, anglatilgan fikr yoki tushuncha” degan ma’noni bildiradi. Kontekstual ma’no termini etimologik jihatdan “so‘zning nutqiy muhit (kontekst) orqali aniqlanadigan qo‘shimcha yoki aniq ma’nosi” degan ma’noni bildiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiKontekstual ma’no ‒ so‘z yoki ifodaning matn va nutq ichidagi o‘rni, atrofidagi so‘zlar hamda vaziyatga qarab aniqlanadigan ma’nosidir. Mazmunan kontekstual ma’no: so‘zning lug‘aviy (asosiy) ma’nosidan farqli ravishda nutq ichida aniqlanadi; kontekstga bog‘liq holda o‘zgarishi yoki aniqlashishi mumkin; bir xil so‘z turli matnlarda turli ma’no ifodalashi mumkin; fikrni to‘liq va aniq tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan: “olma” so‘zi kontekstga qarab meva yoki “olmoq” fe’lining buyruq shakli sifatida tushunilishi mumkin Kontekstual ma’no ‒ so‘zning nutqiy muhitga bog‘liq holda yuzaga keladigan, kontekst orqali aniqlanadigan ma’nosidir.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiКонтексттик маани
Terminning qirg'izcha etimologiyasi«Контексттик маани» – «контекст» + «-тик» + «маани» компоненттеринен түзүлгөн терминдик айкаш. Контекст термини латын тилиндеги contextus сөзүнөн келип чыккан. Contextus — «байланыш», «биригүү», «тутум», «тексттин байланышкан бөлүгү» деген маанилерди билдирет. Кыргыз тилиндеги -тик мүчөсү «тиешелүүлүк, байланыштуулук» маанисин берип, контексттик — «контекстке тиешелүү, контекст менен байланышкан» деген маанини түзөт. Маани сөзү араб тилиндеги maʿnā (معنى) сөзүнөн келип, «маңыз», «түшүнүк», «мазмун», «билдирилген нерсе» деген маанилерди туюнтат.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiКонтексттик маани – сөздүн же сөз айкашынын жалгыз өзү турганда эмес, белгилүү бир сүйлөмдүн, тексттин же турмуштук кырдаалдын алкагында гана ачылып, такталган мааниси
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3