Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Kontextual sinonimlar |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Kontekstual sinonimlar termini ikki qismdan tashkil topgan: kontekstual va sinonimlar. Kontekstual so‘zi lotincha “contextus” “bog‘langan matn, bir-biriga ulanib ketgan nutq” so‘zidan kelib chiqqan. Bu esa “contexere” fe’lidan yasalgan: “con-” ‒ “birga, qo‘shib”; texere — “to‘qimoq, bog‘lamoq”. Kontekstual “nutqiy muhitga, matn ichidagi bog‘lanishga oid” degan ma’noni bildiradi. Sinonimlar so‘zi yunoncha “synōnymos” so‘zidan olingan bo‘lib: “syn-” ‒ “birga, o‘xshash”; onyma ‒ “nom, ism”. Shunday qilib, “synōnymos”‒ “bir xil yoki o‘xshash ma’noli nomlar” degan ma’noni anglatadi. Kontekstual sinonimlar termini etimologik jihatdan “nutqiy muhitda, kontekstga qarab o‘zaro ma’nodosh bo‘lib keladigan so‘zlar” degan ma’noni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Kontekstual sinonimlar ‒ faqat ma’lum bir nutq yoki matn ichida, kontekst ta’sirida o‘zaro ma’nodosh bo‘lib keladigan, ya’ni faqat shu vaziyatda sinonimlik munosabatiga kirishadigan so‘zlardir. Mazmunan kontekstual sinonimlar: doimiy (lug‘aviy) sinonim emas, faqat kontekst ichida sinonimlik hosil qiladi; bir xil so‘z turli matnlarda turli sinonimlar bilan almashishi mumkin; nutqning ifodaliligini oshirish va ma’noni aniqroq yetkazishga xizmat qiladi; stilistik maqsadlarda keng qo‘llanadi. Masalan: “yurmoq” fe’li kontekstga qarab borish, ketmoq, odimlamoq kabi so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirishi mumkin. Kontekstual sinonimlar‒ faqat nutqiy muhit (kontekst) ta’sirida yuzaga keladigan va shu vaziyatda ma’nodosh sifatida qo‘llaniladigan so‘zlardir. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Контексттик синонимдер |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Контексттик синоним «контексттик» + «синоним» деген эки компоненттен турган терминдик айкаш. Контексттик – латын тилиндеги contextus сөзүнөн келип чыккан. Contextus – «байланыш», «тутум», «биригүү», «тексттин байланышкан бөлүгү» деген маанилерди билдирет. Ал contexere («бириктирүү, байланыштыруy, бирге токуу») этишинен жасалган. Ошондуктан контексттик – «контекстке байланыштуу» деген маанини билдирет. Синоним – байыркы грек тилиндеги synōnymos (συνώνυμος) сөзүнөн келип чыккан. Анын курамында: syn- – «бирге, кошо»; onyma / onoma – «ат, ысым» деген маанилерди билдирет. Демек, synōnymos түз маанисинде «бирдей аталыштагы», «маанилеш аталыштагы» деген түшүнүктү берет. |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Контексттик синонимдер – бул тилдин жалпы системасында синоним болбогон, бирок белгилүү бир тексттин же сүйлөмдүн алкагында гана мааниси жакынашып, бирин-бири алмаштыра алган сөздөр. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |