Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Konvergensiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Konvergensiya termini lotincha convergentia yoki convergere so‘zlariga borib taqaladi. Convergere fe’li ikki qismdan tashkil topgan: “con-”‒ “birga, qo‘shilib”, “vergere”‒ “og‘moq, yo‘nalmoq, intilmoq”. Convergere “bir nuqtaga yaqinlashmoq, bir tomonga yo‘nalmoq, tutashmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Keyinchalik bu asosdan convergentia ‒ “yaqinlashish, birlashish” termini hosil bo‘lgan. konvergensiya termini etimologik jihatdan “yaqinlashish, bir nuqtaga tomon yo‘nalish, umumiylik hosil qilish jarayoni” degan ma’noni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda konvergensiya turli tillar yoki til hodisalarining uzoq muddatli aloqa va ta’sir natijasida ayrim fonetik, grammatik yoki leksik xususiyatlar jihatidan bir-biriga yaqinlashishi jarayonini ifodalash uchun qo‘llanadi. Konvergensiya fonetik jarayon bo‘lib, ikki yoki undan ortiq tovushning tarixiy taraqqiyot natijasida bir tovushga birlashishini bildiradi. Bu hodisa natijasida avval farqli bo‘lgan tovushlar bir xil shaklga kelib qoladi: o+o → o, t+u → u. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |