Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Konversiya |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | “Konversiya”‒ lotin tilidan kelib chiqqan xalqaro ilmiy termindir. “Conversio”‒ so‘zidan olingan bo‘lib, “aylanish, o‘zgartirish, bir holatdan boshqa holatga o‘tish” degan ma’nolarni bildiradi. Conversio so‘zi esa convertere fe’lidan yasalgan: “con-” “birga, to‘liq”; vertere ‒ “burmoq, aylantirmoq, o‘zgartirmoq”. Convertere “o‘zgartirmoq, boshqa holatga keltirmoq, aylantirmoq” ma’nolarini anglatadi. Konversiya termini etimologik jihatdan “bir shakl yoki holatdan boshqasiga o‘tish, o‘zgartirish jarayoni” degan ma’noni bildiradi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Tilshunoslikda konversiya so‘z yasash usullaridan biri bo‘lib, so‘zning shakli o‘zgarmagan holda uning boshqa so‘z turkumiga o‘tishini ifodalaydi. Masalan, ayrim tillarda otning fe’l yoki sifatning ot vazifasida qo‘llanishi konversiya hodisasi sifatida qaraladi. Aniqrog‘i konversiya so‘zning fonetik yoki morfologik shakli o‘zgarmagan holda bir so‘z turkumidan boshqasiga o‘tishi orqali yangi so‘z hosil bo‘lishidir. Masalan: otlashish yoki fe’llashish jarayonlari orqali yangi ma’no yuzaga keladi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 2 |