Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Leksik sinonimlar |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Leksik termini qadimgi yunoncha “lexikos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “so‘zga oid”, “lug‘atga oid” ma’nolarini anglatadi. Bu so‘z esa “lexis” ‒ “so‘z”, “nutq”, “ifoda” ma’nolarini bildiruvchi leksemadan hosil bo‘lgan. Mazkur termin Yevropa tillari orqali rus tilidagi “лексический” shaklida, undan esa o‘zbek tiliga leksik tarzida o‘zlashgan. Sinonim termini qadimgi yunoncha “synōnymos” so‘zidan olingan bo‘lib, “syn”‒“birga”, “qo‘shma”, hamda “onyma/onoma”‒ “nom” so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Etimologik jihatdan u “bir xil nomga ega”, “bir nom bilan ataluvchi” degan ma’noni bildiradi. Bu termin lotincha synonymum, keyinchalik Yevropa tillari va rus tili (синоним) orqali o‘zbek tiliga sinonim shaklida kirib kelgan. -lar qo‘shimchasi esa o‘zbek tilidagi ko‘plik qo‘shimchasi bo‘lib, terminning ko‘plik shaklini hosil qiladi. Leksik sinonimlar termini etimologik jihatdan “bir xil yoki o‘zaro yaqin ma’noni ifodalovchi so‘zlar” degan ma’noni anglatadi |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Leksik sinonimlar deb shakli turlicha bo‘lib, ma’nosi bir xil yoki bir-biriga juda yaqin bo‘lgan, ayni bir so‘z turkumiga mansub va muayyan nutqiy vaziyatda o‘zaro almashib qo‘llanishi mumkin bo‘lgan so‘zlarga aytiladi. Masalan, go‘zal – chiroyli – husnli, katta – ulkan – buyuk kabi birliklar leksik sinonimlar hisoblanadi. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 9 |