info@gmail.com +998 99 741 35 23

Leksik uslubiyat —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiLeksik uslubiyat
Terminning o'zbekcha etimologiyasiLeksik termini qadimgi yunoncha “lexikos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “so‘zga oid”, “lug‘atga oid” ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z “lexis”‒“so‘z”, “nutq”, “ifoda” ma’nolarini anglatuvchi leksemadan hosil bo‘lgan. Keyinchalik termin lotin va Yevropa tillari orqali rus tilidagi “лексический” shaklida, undan esa o‘zbek tiliga leksik ko‘rinishida o‘zlashgan. Uslubiyat termini arabcha “uslūb” ‒ “yo‘l”, “usul”, “ifoda usuli”, “bayon tarzi” ma’nolarini bildiruvchi so‘z hamda o‘zbek tilidagi -iyat affiksi asosida yasalgan. “Uslub” tushunchasi til vositalarini ma’lum maqsad va vaziyatga mos ravishda tanlash va qo‘llash usulini anglatadi. “Uslubiyat” esa uslublarni, ularning xususiyatlari va til birliklarining uslubiy imkoniyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi nomidir. Leksik uslubiyat termini etimologik jihatdan “so‘zlar va lug‘aviy birliklarning uslubiy xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda leksik uslubiyat tilning lug‘at boyligi, so‘zlarning uslubiy bo‘yoqdorligi, emotsional-ekspressiv xususiyatlari, qo‘llanish doirasi hamda nutqda maqsadga muvofiq tanlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi uslubshunoslikning muhim bo‘limi hisoblanadi. Leksik uslubiyat turli leksik qatlamlarning uslubiy imkoniyatlarini, so‘zlarning funksional-uslubiy va emotsional-ekspressiv bo‘yoqlarini, shuningdek nutqda so‘zlarni maqsadga muvofiq tanlash va qo‘llash qoidalarini o‘rganadi. Masalan: rasmiy uslubda “bajarildi”, so‘zlashuv uslubida “qilinib bo‘ldi” kabi variantlar ishlatiladi. Bu bo‘lim nutqning ta’sirchanligi va aniqligini ta’minlaydi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8