info@gmail.com +998 99 741 35 23

Leksikografiya —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiLeksikografiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Leksikografiya” terminining etimologiyasi uning tarkibidagi ikki yunoncha unsur ‒ lexikos va graphia so‘zlariga borib taqaladi. Leksiko ‒ qadimgi yunon tilidagi (lexis) va lexikos so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “so‘z”, “nutq”, “lug‘atga oid” degan ma’nolarni bildiradi; -grafiya esa yunoncha (graphē) so‘zidan olingan bo‘lib, “yozish”, “tasvirlash”, “qayd etish” ma’nolarini anglatadi. Leksikografiya termini etimologik jihatdan “so‘zlarni yozish”, “lug‘at tuzish va qayd etish” degan ma’noni bildiradi. Bu termin keyinchalik ilmiy tilshunoslikda lug‘atlar tuzish nazariyasi va amaliyoti, ya’ni so‘zlarni to‘plash, izohlash va tizimlashtirish bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi termin sifatida shakllangan.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikning lug‘at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug‘at tuzish bilan shug‘ullanuvchi sohasi leksikografiya yoki lug‘atchilik deyiladi. Maqsad va vazifasiga ko‘ra leksikografiya ikkiga bo‘linadi: a) ilmiy leksikografiya lug‘atchilikning nazariy masalasi bilan shug‘ullanadi; b) amaliy leksikografiya bevosita lug‘at tuzish ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Bular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: 1) ona tilini va boshqa tillarni o‘rgatish; 2) ona tilini tasvirlash va me’yorlashtirish; 3) tillararo munosabatlarni ta’minlash; 4) til leksikasini ilmiy tekshirish va talqin qilish. Lug‘at maqsadi va mo‘ljaliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) umumiy lug‘at; 2) maxsus lug‘at. Umumiy lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga, maxsus lug‘at esa tor doiradagi kishilar – alohida soha mutaxassisiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Har ikkala tur lug‘at ham o‘z o‘rnida yana ikkiga bo‘linadi: 1) ensiklopedik lug‘at; 2) filologik lug‘at. Demak, lug‘atni umumiy ensiklopedik lug‘at va maxsus ensiklopedik lug‘at, umumiy filologik lug‘at va maxsus filologik lug‘atga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq va qulay.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8