info@gmail.com +998 99 741 35 23

Leksikologiya — Лексикология

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiLeksikologiya
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Leksikologiya” terminining etimologiyasi uning tarkibidagi ikki yunoncha unsur ‒ lexikos va logos so‘zlariga asoslanadi. Leksiko- qadimgi yunon tilidagi (lexis) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “so‘z”, “nutq”, “ifoda” degan ma’nolarni bildiradi. Undan lexikos (“so‘zga oid”, “lug‘atga tegishli”) shakli hosil bo‘lgan; -logiya esa yunoncha (logos) so‘zidan olingan bo‘lib, “ta’limot”, “fan”, “bilim”, “o‘rganish” ma’nolarini anglatadi. Leksikologiya termini etimologik jihatdan “so‘z haqidagi ta’limot”, ya’ni tilning lug‘at tarkibini o‘rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Bu termin tilshunoslikda tilning so‘z boyligini, uning ma’no tuzilishini, so‘zlarning kelib chiqishi va ishlatilishini o‘rganadigan bo‘limni ifodalash uchun qo‘llanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiLeksikologiya ‒ tilshunoslikning tilning lug‘at tarkibi (leksikasi), uning tuzilishi, taraqqiyoti, ma’no xususiyatlari va qo‘llanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limidir. U so‘zni tilning asosiy lug‘aviy birligi sifatida tadqiq etadi hamda so‘zlarning kelib chiqishi, ma’nosi, shakllanishi va o‘zaro munosabatlarini tahlil qiladi. Mazmunan leksikologiya tilning lug‘at boyligini har tomonlama o‘rganadi. Unda so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi, ko‘p ma’noliligi, sinonimlik, antonimlik, omonimlik, paronimlik, frazeologik birliklar, terminlar, neologizmlar, tarixiy va eskirgan so‘zlar kabi leksik hodisalar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, til lug‘at tarkibining boyish manbalari, so‘zlarning o‘zlashishi va rivojlanish jarayonlari ham leksikologiyaning tadqiqot doirasiga kiradi. Leksikologiya bir necha yo‘nalishlarga bo‘linadi. Jumladan: Umumiy leksikologiya ‒ barcha tillarga xos leksik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy leksikologiya ‒ muayyan bir tilning lug‘at tarkibini tadqiq etadi. Tarixiy leksikologiya ‒ so‘zlarning tarixiy taraqqiyoti va ma’no o‘zgarishini o‘rganadi. Qiyosiy leksikologiya ‒ ikki yoki undan ortiq tillarning leksik tizimini qiyoslaydi. Leksikologiya ‒ tilshunoslikning so‘z va lug‘at tarkibini, ularning ma’nosi, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o‘zaro semantik munosabatlari hamda qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganuvchi muhim bo‘limidir. U tilning lug‘aviy boyligini ilmiy asosda tahlil qilish va tizimlashtirishga xizmat qiladi. Leksikologiyaning o‘rganish manbayi so‘z bo‘lsa, o‘rganish predmeti uning quyidagi jihatlari: a) lisonning asosiy lug‘aviy birligi sifatidagi leksema muammosi, leksik birlik tiplari; b) til lug‘at tarkibi strukturasi; d) lug‘aviy birliklarning qo‘llanilishi; e) lug‘at tarkibining boyishi va taraqqiyoti; f) leksik birliklarning tildan tashqaridagi borliq bilan o‘zaro munosabati.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЛексикология
Terminning qirg'izcha etimologiyasiЛексикология гректин lexikos – сөзгө тиешеси бар жана logos - окуу сөзүнөн алынган болуп, сөз жөнүндөгү окуу дегенди билдирет.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiЛексикология – тил илиминде тилдин сөздүк курамынын азыркы абалын жана анын тарыхый өсүш өpгөчөлүктөрүн изилдөөчү бөлүмү. Изилдөө процессинде тилдин сөздүк курамынын мыйзамченемдерин карайт, сөздөрдүн стилдик классификациясын, сөздөрдү адабий тил нормасында ылгоонун жолдорун, профессионализм, диалектизм, архаизм, неологизм, туруктуу сөз айкаштарын нормага салуу сыяктуу маселелерди иштеп чыгат. Коомдук-саясий жана илимий-техникалык терминология лексикологиянын өзүнчө бир бөлүгүндө изилденет. Лексикология менен семасиология, этимология, сөз жасоо жана стилистика, лексикография тыгыз байланыштуу.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni9