info@gmail.com +998 99 741 35 23

Lingvistik atlas — Лингвистикалык атлас

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiLingvistik atlas
Terminning o'zbekcha etimologiyasiLingvistik termini lotincha lingua ‒“til” so‘zidan kelib chiqqan. Ushbu negizga yunoncha kelib chiqishga ega -istikē (-istica) elementi qo‘shilishi natijasida linguistica shakli hosil bo‘lgan bo‘lib, u “tilga oid”, “tilni ilmiy o‘rganishga taalluqli” ma’nolarini anglatadi. Keyinchalik termin fransuzcha (linguistique), nemischa (Linguistik), inglizcha (linguistic) va ruscha (лингвистический) shakllari orqali o‘zbek tiliga lingvistik ko‘rinishida o‘zlashgan. Atlas termini qadimgi yunon mifologiyasidagi Atlas nomidan kelib chiqqan. Atlas osmon gumbazini yelkasida ko‘tarib turuvchi titan sifatida tasvirlangan. XVI asr oxirida flamand kartografi Gerardus Mercator o‘zining xaritalar to‘plamiga “Atlas” nomini bergan. Shundan so‘ng atlas termini “xaritalar to‘plami” ma’nosida ilmiy muomalaga kirgan. U lotin va Yevropa tillari orqali rus tilidagi атлас shaklida, undan esa o‘zbek tiliga atlas tarzida o‘zlashgan. Lingvistik atlas termini etimologik jihatdan “til hodisalarining geografik tarqalishini xaritalar yordamida aks ettiruvchi to‘plam” degan ma’noni anglatadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslikda lingvistik atlas muayyan til yoki shevalarning fonetik, leksik, grammatik va boshqa lingvistik xususiyatlarining hududiy tarqalishini maxsus xaritalar orqali ko‘rsatadigan ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu termin dialektologiya va lingvistik geografiya sohalarining rivojlanishi bilan shakllangan bo‘lib, til hodisalarining hududiy xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganishga xizmat qiladi. U dialektologik ma’lumotlarni hududlar bo‘yicha tizimli ko‘rsatadi va til hodisalarining geografik tarqalishini aniqlashga xizmat qiladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiЛингвистикалык атлас
Terminning qirg'izcha etimologiyasiЛингвистикалык атлас — эки компоненттен турган термин: «лингвистикалык» жана «атлас». Лингвистикалык – латын тилиндеги lingua — «тил» деген сөздөн келип чыккан linguisticus – «тилге тиешелүү, тилдик» деген маанини билдирет. Атлас – байыркы грек мифологиясындагы Атлас аттуу каармандын ысымынан келип чыккан. Кийин бул аталыш географиялык карталардын жыйнагын билдирген терминге айланган. Азыркы илимий тилде атлас – белгилүү бир маалыматтарды карталар аркылуу системалуу түрдө көрсөткөн жыйнак. «Лингвистикалык атлас» дегенде белгилүү бир тилдик кубулуштардын аймактык таралышын атайын лингвистикалык карталарда көрсөтүп берген карталардын системалуу жыйындысы түшүнүлөт.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiЛингвистикалык атлас (тил атласы) – бул белгилүү бир аймактагы тилдердин, диалекттердин же тилдик кубулуштардын (тыбыштардын, сөздөрдүн, грамматикалык формалардын) жайылышын атайын карталар аркылуу көрсөткөн илимий жыйнак. Ал тил илиминин лингвистикалык география (лингвогеография) жана диалектология багыттарында негизги курал катары колдонулат.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8