Termin kartochkasi to'liqligi: 60%
| Terminning o'zbekcha nomi | Lingvistik lug‘at |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Lingvistik lotincha “lingua” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “til” degan ma’noni anglatadi. Ushbu so‘zdan lotin tilida “linguisticus” (“tilga oid”) sifati hosil bo‘lgan. Keyinchalik u fransuzcha (linguistique), inglizcha (linguistic) va ruscha (лингвистический) tillari orqali o‘zbek tiliga lingvistik shaklida kirib kelgan va “tilga oid”, “tilshunoslikka taalluqli” ma’nolarini ifodalaydi; lug‘at ‒ arab tilidagi luġat (لغة) so‘zidan olingan bo‘lib, dastlab “til”, “nutq”, “so‘zlashuv” ma’nolarini bildirgan. Keyinchalik ushbu so‘z “muayyan tildagi so‘zlar va ularning izohlarini o‘z ichiga olgan to‘plam” ya’ni lug‘at (dictionary) ma’nosida qo‘llanila boshlagan. Lingvistik lug‘at termini etimologik jihatdan “tilshunoslikka oid lug‘at” yoki “til hodisalarini izohlovchi lug‘at” degan ma’noni anglatadi. Mazkur termin tilshunoslikka oid terminlar, tushunchalar va til birliklarini ilmiy asosda izohlaydigan maxsus lug‘at turini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Lingvistik lug‘atlar fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, stilistika, terminologiya va tilshunoslikning boshqa bo‘limlariga oid terminlarning ma’nosi, qo‘llanishi hamda ilmiy tavsifini berishga xizmat qiladi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Lingvistik lug‘at ‒ til birliklari va tilshunoslikka oid hodisalarni ilmiy asosda tavsiflaydigan hamda izohlaydigan maxsus lug‘at turidir. Unda so‘zlar, iboralar, grammatik shakllar, fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va uslubiy birliklar haqida ilmiy ma’lumot beriladi. Lingvistik lug‘atlar tilning lug‘at boyligini tizimlashtirish, so‘zlarning ma’nosi, talaffuzi, imlosi, grammatik xususiyatlari, kelib chiqishi (etimologiyasi), uslubiy qo‘llanishi va boshqa lingvistik belgilarini yoritishga xizmat qiladi. Bunday lug‘atlar tilshunos olimlar, o‘qituvchilar, talabalar, tarjimonlar hamda tilni o‘rganuvchilar uchun muhim ilmiy va amaliy manba hisoblanadi. Lingvistik lug‘atlar o‘z vazifasiga ko‘ra izohli, imlo, orfografik, orfоepik, etimologik, frazeologik, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektologik, terminologik va boshqa turlarga bo‘linadi. Har bir tur tilning muayyan jihatini o‘rganish va izohlashga xizmat qiladi. Lingvistik lug‘at ‒ til birliklarini ilmiy mezonlar asosida tavsiflovchi, ularning ma’nosi, shakli, qo‘llanishi va boshqa lingvistik xususiyatlarini tizimli ravishda yorituvchi maxsus ma’lumotnoma lug‘atidir. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | Лингвистикалык сөздүк |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | Лингвистикалык сөздүк термини эки сөздөн түзүлгөн: «Лингвистикалык» – латын тилиндеги lingua – «тил» деген сөздөн келип чыккан. Lingua → linguisticus – «тилге тиешелүү» деген маанини билдирет. «Сөздүк» – сөз деген уӊгуга -дүк мүчөсүнүн жалганышы аркылуу жасалган; «сөздөр топтолгон, иреттелген жыйнак» деген маанини берет. «Лингвистикалык сөздүк» деген терминдин жалпы мааниси – «тилге тиешелүү сөздөрдү жана тил илимине байланыштуу түшүнүктөрдү системалуу түрдө камтыган сөздүк». |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | Лингвистикалык сөздүк – тилдин түзүлүшүн, сөз байлыгын, грамматикалык өзгөчөлүктөрүн, сөздөрдүн маанисин, колдонулушун жана башка тилдик көрүнүштөрдү илимий негизде түшүндүрүп, системалуу түрдө берген сөздүк. Мындай сөздүктөрдө тил илимине тиешелүү терминдер, түшүнүктөр, сөздөрдүн мааниси, айтылышы, келип чыгышы жана колдонулуш өзгөчөлүктөрү камтылышы мүмкүн. |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 10 |