info@gmail.com +998 99 741 35 23

Lisoniy munosabat —

Termin kartochkasi to'liqligi: 30%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiLisoniy munosabat
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Lisoniy munosabat” terminining etimologiyasi uning tarkibidagi ikki so‘z ‒ lisoniy va munosabatning kelib chiqishiga asoslanadi. Lisoniy so‘zi arabcha لسان (lisān) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “til”, “nutq”, “so‘zlashuv vositasi” ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida unga -iy qo‘shimchasi qo‘shilib, “tilga oid”, “til tizimiga tegishli” degan ma’noni bildiradi. Munosabat so‘zi arabcha مناسبة (munāsaba) so‘zidan olingan bo‘lib, “bog‘liqlik”, “aloqa”, “nisbat”, “o‘zaro ta’sir” ma’nolarini anglatadi. Bu so‘z arab tilidagi nasaba (“bog‘lamoq”, “aloqador bo‘lmoq”) fe’liga borib taqaladi. “Lisoniy munosabat” termini etimologik jihatdan “til birliklari o‘rtasidagi aloqa va bog‘liqlik” degan ma’noni bildiradi. Tilshunoslikda bu termin til tizimidagi birliklarning bir-biri bilan qanday bog‘lanishi va o‘zaro munosabatda bo‘lishini ifodalash uchun qo‘llanadi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiMunosabat deganda, odatda, bir butunlikning tarkibiy qismi birliklari orasidagi o‘zaro aloqa va bog‘lanishni anglaymiz. Bunday aloqa turlicha bo‘lishi mumkin. Quyidagi gapga diqqat qiling: Ularning ismi – Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turli munosabat bilan bog‘langan. Ular so‘zi ism so‘zi bilan, u olmoshi -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon aloqada. Yoki ism so‘zi uchta tovushning ketma-ketligidan iborat. Bunday chiziqsimon, liniyaviy ketma-ketlik aloqasi sintagmatik aloqa deyiladi. Sintagmatik aloqa lisonda ham, nutqda ham mavjud. Masalan: kitob leksemasi beshta tovushning birikuvidan iborat nomemaga ega bo‘lib, u lisoniy birlik sanaladi. Shuningdek, yasama so‘z (suvchi, ertapishar), so‘z birikmasi (kitobni o‘qimoq)da ham birikuvchi a’zolar sintagmatik aloqada bo‘ladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomi—
Terminning qirg'izcha etimologiyasi—
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi—
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni8