info@gmail.com +998 99 741 35 23

Lug‘aviy shakl — Сөз формасы

Termin kartochkasi to'liqligi: 60%

Lug'atga qaytish
Terminning o'zbekcha nomiLug‘aviy shakl
Terminning o'zbekcha etimologiyasi“Lug‘aviy shakl” terminining etimologiyasi uning tarkibidagi ikki so‘z ‒ lug‘aviy va shaklning kelib chiqishiga asoslanadi. Lug‘aviy so‘zi arabcha لغة (lug‘ah) ‒ “til”, “so‘z”, “nutq” so‘zidan o‘zlashgan bo‘lib, o‘zbek tilida unga -iy qo‘shimchasi qo‘shilishi orqali “so‘zga oid”, “lug‘atga tegishli” degan ma’noni bildiradi. Shakl so‘zi arabcha شكل (shakl) so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, “ko‘rinish”, “tuzilish”, “forma” ma’nolarini anglatadi. “Lug‘aviy shakl” termini etimologik jihatdan “so‘zga oid ko‘rinish” yoki “so‘zning leksik shakli” degan ma’noni bildiradi.
Terminning o'zbekcha mazmuniy izohiTilshunoslik nuqtayi nazaridan bu termin so‘zning ma’no jihatidan asosiy birlik sifatidagi ko‘rinishi va uning turli grammatik shakllar hosil qilishdan oldingi yoki ularga asos bo‘ladigan holatini ifodalaydi. Lug‘aviy shakl ‒ so‘zning lug‘aviy ma’nosini saqlagan holda uning grammatik jihatdan shakllangan ko‘rinishidir. Bu shakl so‘zning asosiy ma’nosiga ta’sir qilmaydi, balki uni nutqda qo‘llash uchun moslashtiradi. Mazmunan lug‘aviy shakl so‘zning leksik asosiga turli grammatik ko‘rsatkichlar qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda so‘zning asl ma’nosi saqlanib qoladi, lekin uning son, zamon, kelishik, shaxs yoki boshqa grammatik belgilar bilan boyitilgan shakli yuzaga keladi. Masalan: kitob → kitoblar (ko‘plik shakli); bor → bordi, boradi (zamon shakllari); o‘qi → o‘qimoqda, o‘qigan (harakatning turli shakllari). Lug‘aviy shakl ‒ so‘zning asosiy ma’nosi o‘zgarmagan holda, grammatik vositalar orqali shakllangan va nutqda qo‘llaniladigan ko‘rinishidir. Bu tushuncha morfologiyada muhim o‘rin tutadi. Tilimizda lu’g‘aviy shakllar sifatida fe’llarda harakat tarzi, nisbat, otlarda son, erkalash-kichraytirish va shaхsiy baho munosabat, sifatlarda daraja kategoriyalari shakllari ajratiladi.
Termin uchun o'zbekcha misol—
Termin uchun o'zbekcha misol manbasi—
Terminning qirg'izcha nomiСөз формасы
Terminning qirg'izcha etimologiyasiСөз формасы деген термин эки сөздөн түзүлгөн: «Сөз» – «айтылган нерсе, сөз, кеп» деген маанилерди билдирет. «Форма» – латын тилиндеги forma сөзүнөн келип чыккан, «сырткы көрүнүш», «калып», «түзүлүш», «түр» деген маанилерди билдирет. Кийин илимий терминологияда «белгилүү бир түзүлүш же көрүнүш» маанисинде кеңири колдонулган.
Terminning qirg'izcha mazmuniy izohiСөз формасы – белгилүү бир грамматикалык формада алынган сөз (лексема). Сөз формасы – эки жактуу бирдик. Анын сырткы жагы - фонемалардын удаалаш жайгашуусу жана басым; ички жагы – бир нече элементардык мааниден турган татаал мааниси. Ар бир сөз формасы белгилүү бир синтаксистик касиеттерге, б.а., башка сөз формасы менен айкашуу жөндөмдүүлүгүнө ээ. Сөз формасынын синтаксистик белгилеринин жыйындысы анын синтактикасын түзөт. Синтаксистик белгилер менен маанинин элементтеринин ортосундагы байланыштар абдан татаал жана көп санда. Сыртынан айырмаланган, ал эми ички мааниси дал келген сөз формасылары варианттар деп аталат (бейкүнөө - күнөөсүз, үмүткөр - үмүттүү, найүмүт -үмүтсүз, ж.б.). Кээде сөз формасыда омонимия да байкалат ("кара" - этиш, "кара" - сын, "кара" - зат). Сөздүн (лексеманын) бардык сөз формасынын жыйындысы ошол сөздүн парадигмасын түзөт.
Termin uchun qirg'izcha misol—
Termin uchun qirg'izcha misol manbasi—
Ko'rishlar soni3