Termin kartochkasi to'liqligi: 30%
| Terminning o'zbekcha nomi | Lug‘aviy valentlik |
| Terminning o'zbekcha etimologiyasi | Lug‘aviy ‒ arab tilidagi luġat (لغة) so‘zidan olingan bo‘lib, “til”, “so‘z”, “lug‘at” ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida lug‘aviy so‘zi lug‘atga oid, so‘zning ma’nosi va leksik xususiyatlariga taalluqli degan ma’noni ifodalaydi. Bu shakl lug‘at so‘ziga -iy sifat yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan; valentlik ‒ lotincha “valentia” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “kuch”, “quvvat”, “qobiliyat”, “imkoniyat” ma’nolarini bildiradi. Valentia esa lotincha valere fe’lidan hosil bo‘lib, “kuchli bo‘lmoq”, “qodir bo‘lmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Dastlab, bu termin kimyo fanida atomlarning boshqa atomlar bilan bog‘lanish qobiliyatini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Keyinchalik u tilshunoslikka ko‘chib, til birliklarining boshqa birliklar bilan birikish imkoniyatini ifodalovchi termin sifatida qo‘llanila boshlagan. Lug‘aviy valentlik termini etimologik jihatdan “so‘zning boshqa so‘zlar bilan birikish qobiliyati” yoki “leksik birlikning birikuv imkoniyati” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda ushbu termin so‘zning o‘z leksik ma’nosi asosida boshqa so‘zlar bilan semantik jihatdan mos ravishda birikish xususiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. |
| Terminning o'zbekcha mazmuniy izohi | Lug‘aviy valentlik ‒ so‘zning o‘z leksik ma’nosiga ko‘ra boshqa so‘zlar bilan mazmunan va semantik jihatdan birika olish xususiyatini ifodalovchi tilshunoslik terminidir. U so‘zning ma’nosi asosida qanday til birliklari bilan bog‘lana olishi yoki bog‘lana olmasligini belgilaydi. Lug‘aviy valentlik so‘zlarning o‘zaro ma’no mosligiga tayanadi. Bir so‘z faqat uning semantik xususiyatlariga mos keladigan boshqa so‘zlar bilan birikadi. Masalan, daraxt o‘sadi, qush uchadi, kitob o‘qimoq kabi birikmalarda so‘zlar o‘zaro lug‘aviy jihatdan mos keladi. Aksincha, daraxt uchadi yoki tosh o‘qiydi kabi birikmalar grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi mumkin bo‘lsa-da, lug‘aviy valentlik talablariga javob bermaydi, chunki ular semantik jihatdan nomuvofiqdir. Lug‘aviy valentlik til birliklarining birikish imkoniyatlarini, ularning ma’no doirasini va nutqda qo‘llanish xususiyatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tushuncha leksikologiya, semantika, sintaksis, frazeologiya va matnshunoslik sohalarida keng qo‘llaniladi hamda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarini tadqiq etishda muhim nazariy asos hisoblanadi. Lug‘aviy valentlik ‒ so‘zning o‘z leksik ma’nosi va semantik xususiyatlari asosida boshqa so‘zlar bilan mazmunan mos ravishda birika olish imkoniyati va qobiliyatini ifodalovchi tilshunoslik tushunchasidir. Lug‘aviy valentlik biriktiruvchi leksemaning ma’noviy jihatdan o‘ziga mos birikuvchilarni tanlashi. Masalan, hangra leksemasi qush leksemasini o‘ziga torta olmaydi, qush leksemasi hangra leksemasidagi birorta ham bo‘sh o‘ringa tusha olmaydi. Chunki ularda ma’noviy muvofiqlik mavjud emas. Leksemalar bir-biriga ma’noviy mos bo‘lishi uchun ularning ma’no strukturalarida o‘xshash ma’no bo‘lakchalari – semalari bo‘lmog‘i lozim. |
| Termin uchun o'zbekcha misol | — |
| Termin uchun o'zbekcha misol manbasi | — |
| Terminning qirg'izcha nomi | — |
| Terminning qirg'izcha etimologiyasi | — |
| Terminning qirg'izcha mazmuniy izohi | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol | — |
| Termin uchun qirg'izcha misol manbasi | — |
| Ko'rishlar soni | 3 |